“Jizzax akkumulyator zavodi”dagi BPT raisi o‘z lavozimida qoldi

21.05.2019, 15:58

“Jizzax akkumulyator zavodi”dagi BPT raisi o‘z lavozimida qoldi

Jizzax shahridagi “Jizzax akkumulyator zavodi” OAJ qoshida faoliyat yuritayotgan partiya quyi bo‘g‘inining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda BPTning 2018 yildagi faoliyati sarhisob qilinib, o‘tgan vaqt davomida ushbu quyi bo‘g‘in faolligi bilan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘z yechimini topgani ta’kidlab o‘tildi.

–2014 yilda zavodimizda boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzilgan bo‘lib, o‘tgan vaqt davomida safdoshlarimizning faolligi bilan hududdagi bir qator muammolar bartaraf etildi, – deydi BPT raisi Oybek Qulmirzayev. – Aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlariga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Xususan, partiyaning istiqbolli loyihalari doirasidagi tadbirlarda hududdagi mahallalar va ta’lim maskanlarida ko‘plab uchrashuvlar, seminar-treninglar o‘tkazilib kelinmoqda. Aynan quyi bo‘g‘in a’zolarining faolligi tufayli, partiyamiz safiga kirishni so‘rab murojaat qilayotganlar soni ancha ortganligini ko‘rish mumkin.

Yig‘ilishda quyi bo‘g‘in faoliyatini samarali tashkil qilib kelayotgan BPT raisi Oybek Qulmirzayevga qayta ishonch bildirildi.  

Tadbir yakunida partiya safiga yangi qabul qilingan 20 nafar ishchi-xodimga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    821
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Насиба-СТМ2019-05-22 12:02:34

Партининг асосий бўғини бўлган БПТ хисобот сайловлари апрель-май ойлари давомида O'zLiDeP нинг барча худудий Кенгашлари томонидан кўтаринки рухда ташкил этилмоқда. партия устави, дастури ва партия мақсад ва вазифаларини қонун доирасида ахоли ўртасида тарғиб қилишда ва тушинтириш ишларини олиб бориш, партия сафига янги аъзоларни қабул қилишда зафарлар тилаб қоламан


Fikringizni qoldiring

+