Qulay biznes muhiti yaratishda muhim dasturilamal

21.05.2019, 16:20

Qulay biznes muhiti yaratishda muhim dasturilamal

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Prezidentimizning 2019 yil 14 maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni yurtimizda biznes yuritish uchun yanada qulay muhit yaratilishida muhim dasturilamal bo‘ldi.

Mazkur Farmon bilan tashkil etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tadbirkorlik sub’ektlarining, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish va mavjud byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish vazifalarini amalga oshirishi belgilab qo‘yildi.

Bu o‘z navbatida tadbirkorlarning, shu jumladan, chet ellik investorlarning samarali faoliyat yuritishlarini ta’minlash orqali, aholini ish bilan band etish va turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Eng muhim jixati shundaki, ushbu farmon partiyamiz elektorati bo‘lgan tadbirkorlar va ishbilarmonlar faoliyati yanada rivojlanishiga, kichik biznes sohasida band bo‘lgan aholining soni kundan-kunga ortib borishiga zamin yaratadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ibrohim Sattarov,

O‘zLiDeP Namangan

viloyat Kengashi

 bo‘lim mudiri

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    851
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Насиба2019-05-22 11:53:33

Тадбиркорлик фаолиятини қўллаб-қувватлаш ва ҳимоя қилиш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси президентининг фармонининг қабул қилиниши партия электорати бўлган тадбиркор ва фермерларимиз учун яна бир совға бўлди десам бўлади. Айни тадбиркорларни қабул қилиб уларни дардини эшитадиган тизим йўлга кўилмоқда.


Fikringizni qoldiring

+