Hunarmandchilikni rivojantirish istiqbollari

15.12.2017, 21:59

Hunarmandchilikni rivojantirish istiqbollari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmand” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 22-avgust kungi 665-sonli “Kichik tadbirkorlik subektlariga mikromoliyaviy yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va kam ta’minlangan oilalarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutadigan loyixalarni moliyalashtirishga doir qo‘shimcha  chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning        7 dekabr kuni Farg‘ona politexnika instituti faollar zalida “Milliy hunarmandchilikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbatida O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi, Mikrokredit ATB Farg‘ona viloyat filiali, institut bitiruvchilari, Rishton tumani tadbirkorlari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

Tadbir Farg‘ona politexnika institutining Iqtisodiyot yo‘nalishi bitiruvchilari bilan ochiq muloqot tarzida boshlandi. Unda bitiruvchilarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun zaruriy ma’lumotlar, kichik biznes sub’ektlari uchun ajratilayotgan mikrokreditlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar to‘laqonli javoblar berishdi.  Tadbirning ikkinchi qismida Rishton tumanidan tashrif buyurgan hunarmandlar bilan ochiq muloqot tarzida davom ettirildi. Tadbirda Farg‘ona viloyatida xunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida “Mikrokredit” Farg‘ona viloyatidagi filialiga 50 milliard so‘m miqdoridagi kredit mablag‘lari ajratilganligi ta’kidlandi. Bu o‘z navbatida viloyatda xunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirishga qo‘yilgan yana bir qadam bo‘ladi.

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1799
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+