“Tadbirkorga yelkama yelka turib, faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘makdosh bo‘lyapmiz”

22.05.2019, 15:05

“Tadbirkorga yelkama yelka turib, faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘makdosh bo‘lyapmiz”

Tadbirkor – yurt tayanchi. Shu boisdan bugun aholini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish bo‘yicha joylarda maqsadli dasturlar amalga oshirilmoqda. Zero, tadbirkorlik rivojlansa, ko‘plab odam ishli bo‘ladi, yoshlar bandligi ta’minlanadi.

Shundan kelib chiqib, O‘zLiDeP Namangan tuman Kengashi vakillari va mahalliy kengash deputatlari aholini tadbirkorlik faoliyatiga kengroq jalb qilib, tadbirkorlarga yaqindan ko‘makdosh bo‘lmoqda. Tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini belgilangan muddatda amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazorati olib borayotir.

Xalq vakillarining ma’lum qilishicha, joriy yilda tuman investitsiya dasturiga kiritilgan “Miksal” qo‘shma korxonasining “Metalni qayta ishlash va chokli trubalar ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish uchun tuman zaxirasida bo‘lgan bo‘sh yer maydonidan ajratib berilgan. Loyiha kiymati 76 mlrd. 500 mln. so‘mni tashkil etadi. Ayni paytda loyiha tashabbuskorining 35 mlrd. so‘m shaxsiy mablag‘lari hisobiga qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Sharifjon Davlatovning aytishicha, tuman investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalardan yana biri “Kelajak tekstil savdo servis” MChJning “To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasidir. Umumiy qiymati 7 mlrd. 650 mln. so‘mni tashkil etuvchi loyihaning amalga oshirilishi natijasida 50 ta yangi ish o‘rini yaratilishi belgilangan.

– Bizga biriktirilgan  66 loyihalarni o‘z vaqtida yakuniga yetishi uchun ob’ektlarga borib qurilish ishlarini nazorat qilyapmiz. Tadbirkorga yelkama yelka turib, faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘makdosh bo‘lyapmiz, – deydi   Sh.Davlatov. – Namangan tumanini 2019-2020 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga 128 ta loyiha kiritilgan bo‘lib, ushbu loyihalar qiymati 863 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Hozirga qadar 17 ta loyiha ishga tushirilishi hisobiga 205 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

 Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    889
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Gulnora2019-07-04 19:09:58

Men ham tadbirkor bo'lmoqchiman bolalarni juda yaxshi ko'raman maktabgacha tayyorlovchi bog'cha ichmoqchiman shunga yordam kerak


Зилола2019-05-22 15:38:50

партия менга кредитга чок машинаси олишга ундади натижада чеварчиликни йулга куйдим кичкина булса хам тикув хонаси очдим 4 киши ишга банд булдик рахмат катта ташаббуслари учун.


Рашида Тошбоевм2019-05-22 15:35:57

УзЛиДеП хамиша фукароларга тадбиркорларга кумакдош


Шохиста Ахмедова2019-05-22 15:34:08

албатта биз узлидепга ишонамиз ва суяанамиз туманда партия томонидан олиб борилаётган ишларни уз кузимиз б.н натижасини куряпмиз.


Fikringizni qoldiring

+