Muammolar tizimli tahlil etiladi

23.05.2019, 15:29

Muammolar tizimli tahlil etiladi

O‘z oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, xususan, yuksak taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin olish uchun birinchi navbatda iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni, tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish taqozo etiladi. Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik yo‘lidagi barcha g‘ov va to‘siqlarni yo‘q qilish biz uchun eng muhim, hal qiluvchi vazifalar sirasidan o‘rin olmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka oid muammolarni tahlil qilish bo‘yicha ishlarning samarali amalga oshirilmasligi, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning ta’sirchan mexanizmi mavjud emasligi va biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashabbuslarning o‘z vaqtida lozim darajada qo‘llab-quvvatlanmayotganligi ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash masalalarining sifatli hal qilinishiga salbiy ta’sir etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarini tashkil etilishi bu boradagi ishlarni butunlay yangi bosqichga olib chiqishi mumkinligini ta’kidlash kerak. Endilikda tadbirkorlar va chet ellik investorlarning murojaatlari bilan ishlash sifati hamda sur’ati oshadi, ishbilarmonlar bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot ta’minlanadi, bu esa hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholining ish bilan bandligi oshishi, xalq farovonligi o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, yer uchastkalari va binolar, kreditlar ajratilishi, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishdagi to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlikni rivojlantirish va chet el investitsiyalarini jalb etishga xalaqit berayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil etish, sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash imkoniyati ham yuzaga kelmoqda.

 Amalga kiritilayotgan yangilanishlar mamlakatimizdagi ishbilarmonlik muhitining bozor iqtisodiyoti talab va tamoyillariga muvofiqligini ta’minlaydi, xususiy biznesning yanada jadal rivojlanishiga turtki beradi, xalqimiz turmush darajasi yuksalishida alohida ahamiyat kasb etadi.

Oybek EGAMOV,

Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi deputati,

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

  • Ko'rildi
    1111
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+