O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashining 2019 yil birinchi chorakdagi faoliyati sarhisob qilindi

24.05.2019, 14:30

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashining 2019 yil birinchi chorakdagi faoliyati sarhisob qilindi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashining 2019 yil birinchi choragi faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda partiya tuman, shahar Kengashlariga O‘zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi va viloyat Kengashi tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosi hamda partiya viloyat Kengashi tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida so‘z bordi.

Yig‘ilishda partiya viloyat Kengashi apparat rahbari Faxriddin Abdusattorov Kengash tomonidan partiya elektoratining asosini tashkil qiluvchi tadbirkor va fermerlar vakillari manfaatlarini himoya qilish, yoshlar hamda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, mahalliy kengashlardagi deputatlik guruhlari faoliyatini  kuchaytirish barobarida joylardagi turli muammolar yechimini topishda bir qator amaliy ishlar qilinganini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, faoliyat davomida yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilganligi ta’kidlandi.

F.Abdusattorovning ma’lum qilishicha, mahalliy kengash deputatlari tomonidan shu yilning o‘tgan oylari mobaynida turli masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga 163 ta deputatlik so‘rovi yuborilib, uning 90 foizi o‘zining ijobiy natijasini topgan. 33 nafar mansabdor shaxsning hisoboti tinglangan.  Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari sessiyalariga  12 ta masala kiritilib,  kiritilgan masalalar yuzasidan tuman Kengashlarining qarorlari qabul qilingan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan deputatlik so‘rovi  5  taga ko‘paygan.

–Hali oldimizda zalvorli vazifalar turibdi, –  deydi u. – Joriy yilning dekabr oyida mamlakatimiz parlamentiga, mahalliy hokimiyat vakillik organlariga o‘tkaziladigan saylovlar arafasida turibmiz. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda munosib ishtirok etishimiz uchun partiyaviy faoliyatimizni yanada jiddiy tahlil qilishimiz, yo‘l qo‘ygan kamchiliklarga o‘z vaqtida barham berishimiz kerak.

F.Abdusattorovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkazilgan tahliliy o‘rganishlar natijasida Yangiyer, Guliston, Shirin shaharlari, Boyovut, Sardoba va Sirdaryo tuman Kengashlari topshirilgan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan. Ba’zi tuman Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlari tomonidan o‘tgan muddatda sessiyaga birorta ham masala kiritilmagan.

 Yig‘ilishda Kengash raislarining o‘z xizmat vazifasiga befarq qarashi partiyaning asosiy ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatayotganligi alohida ta’kidlandi.

Shundan kelib chiqib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, deputatlar tashabbuskorligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada mukammallashtirish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish bo‘yicha bildirilgan takliflar yuzasidan qaror qabul qilindi. Xato va kamchiliklarni tuzatish uchun yuqorida tilga olib o‘tilgan partiya tuman, shahar Kengashlari mas’ul xodimlari ogohlantirildi.

Tadbir so‘ngida targ‘ibot-tashviqot ishlarini namunali yo‘lga qo‘ygan partiya Mirzaobod va Guliston tuman Kengashi xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Jamshid ZAFAROV,

O‘zLiDeP Sirdaryo

viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    810
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Малика2019-05-27 16:40:32

Юқорида олиб борилган ишларга қўшиламан. Аммо Ж.Зафаров келтирган камчиликлар мутлақо нотўғри. Ўз ишини доимо сидқидилдан ва маъсулият билан бажарганман. Хеч қачон сусткаштликка йўл қўймаганман.


Малика2019-05-27 16:34:41

Юқорида олиб борилган ишлар қониқарли. Аммо Ж.Зафаров томонидан берилган маълумотлар нотўғри. Бу албатта менинг шахсий фикрим ва бундай сусткашлик билан ишга ёндошилмаган мен ўз ишимни ситқидилдан ҳамда маъсулият билан ёндошиб келганман.


Fikringizni qoldiring

+