Poytaxtlik faollarimiz malaka oshirdi

27.05.2019, 15:12

Poytaxtlik faollarimiz malaka oshirdi

Avval xabar qilinganidek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi partiya tuman bo‘limlari ijrochi kotiblari, BPT raislari hamda partiya hududiy kengashlari qoshida shakllantirilgan targ‘ibot guruhlari a’zolari uchun o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday o‘quvlardan navbatdagisi O‘zLiDeP Bektemir va Sergeli tuman tashkilotlarida bo‘lib o‘tdi.

Partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakillari, xalq deputatlari Sergeli, Bektemir tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari hamda partiya faollari ishtirok etgan o‘quvda tinglovchilarning  amaliyotda asqotadigan bilimlarni egallashiga e’tibor qaratildi.

 O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi matbuot kotibi Murod O‘rinovning ma’lum qilishicha, ayni paytda O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi qoshida  1327 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti bo‘lib, shundan 61 quyi bo‘g‘in partiya Bektemir tuman Kengashi, 104 tayanch nuqta partiya Sergeli tuman Kengashi qoshida faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda BPT raislarining siyosiy bilimini yuksaltirish, partiyamizning hayotiy g‘oyalarini keng tushuntirish ishlari jadal olib borilyapti. 

“Quyi bo‘g‘in bevosita a’zolarimiz, elektorat vakillari orasida faoliyat yuritgani uchun partiyamiz dasturiy maqsadlarini aholiga yetkazish, ularning mazmun-mohiyatini tushuntirishda katta imkoniyatga ega. Shundan kelib chiqib, siyo­siy va fuqarolik ma’rifati tizimidagi o‘quvlar imkon qadar quyi bo‘g‘inlarda ko‘proq tashkil etilyapti”, – deya qo‘shimcha qildi u.

Seminarda qatnashchilar ma’ruzalarni katta qiziqish bilan tinglab, har bir ma’ruza yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

 O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    600
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+