O‘zLiDeP quyi bo‘g‘in yetakchilari uchun bir kunlik seminar tashkil etdi

27.05.2019, 16:32

O‘zLiDeP quyi bo‘g‘in yetakchilari uchun bir kunlik seminar tashkil etdi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Shovot tumanida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotlari yetakchilari uchun bir kunlik o‘quv seminar tashkil etdi.

Unda partiya viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, Gurlan, Qo‘shko‘pir, Xiva va Shovot tuman Kengashlari vakillari, mahalliy kengash deputatlari hamda  boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari qatnashdi.

Seminar avvalida ishtirokchilar Shovot tumanida joylashgan “Uztex Shovot” MChJ qoshida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyati bilan tanishib, maslakdoshlarimiz bilan samimiy muloqot qildi.

Partiya viloyat Kengashi BPTlar bilan ishlash guruh rahbari Dilshod Gafurovning ma’lum qilishicha, mazkur boshlang‘ich partiya tashkiloti 2014  yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 400 nafar a’zoni o‘z safiga birlashtirgan.  

 “Siyosiy partiya faoliyatida, ayniqsa, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishda boshlang‘ich tashkilotlar muhim o‘rin tutadi. Shu bois, bugun BPT faoliyatini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratyapmiz. Bu esa joylarda xalq bilan muloqot ko‘lamini kengaytirish, targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishga imkon yaratmoqda”, – deydi  D.Gafurov.

Shu kuni ishtirokchilar tumandagi “Turkiston” MFY qoshida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotida ham bo‘lishdi.

Suhbat va muloqotlar davomida boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada faollashtirish, ijtimoiy ahamiyatga molik muammo va masalalarni o‘rganish, vaziyatni oldindan prognozlash, samarali tahlil qilishda partiya faollari oldida turgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi Shavkat Safarbayevning ta’kidlashicha, siyosiy partiyalar tizimida boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish bugungi kunning muhim vazifasidir. Ularning samarali faoliyati, ayniqsa, partiya xayrixohlari sonining ortishida muhim o‘rin tutadi.

“Boshlang‘ich partiya tashkilotlari yetakchilari va faollarining bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar davomida ular o‘zlari uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Chunki tashkil etiladigan quyi bo‘g‘in uchun tayyorlanadigan hujjatlarni hamma ham yaxshi bilmaydi. Shu bois, bu boradagi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar har jihatdan foydali bo‘ldi”, – deydi Sh.Safarbayev.

Seminarda quyi bo‘g‘inlar faoliyatini jonlantirish bo‘yicha partiya tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Durdona QABULOVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Siyosiy ta’lim markazi rahbari

Teglar
BPT STM
  • Ko'rildi
    1231
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+