“Qayerda yetakchida liderlik salohiyati yetishmasa, u yerda ish yurishmaydi”

27.05.2019, 17:14

“Qayerda yetakchida liderlik salohiyati yetishmasa, u yerda ish yurishmaydi”

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi ciyosiy ta’lim markazi Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan BPT raislari uchun o‘quv-seminar tashkil etdi.  

Unda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari, partiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi vakillari, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda quyi bo‘g‘in yetakchilari qatnashdi.  

Partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri N.Alimovning aytishicha, siyosiy partiya jamiyatda mustahkam o‘rin topishi uchun elektorat manfaatini samarali himoya qilishga qaratilgan hayotiy takliflarni ilgari surishi va ularni amalga oshirish yo‘lida tizimli ish olib borishi kerak. Bu jarayonda boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati muhim o‘rin tutadi.

“Nega desangiz, BPT elektorat bilan bevosita aloqada faoliyat ko‘rsatadi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarni yaxshi biladi. Shu bois,  quyi bo‘g‘in faoliyatini kuchaytirish orqali siyosiy partiya o‘z dasturiy maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida samarali natijalarga erishishi mumkin. Shundan kelib chiqib, seminar davomida interfaol mashg‘ulotlar orqali boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislarining siyosiy, huquqiy bilimlari oshirildi. Chunki qayerda yetakchida liderlik salohiyati yetishmasa, u yerda ish yurishmaydi”, – deydi N.Alimov.

Jonli muloqot va savol-javoblarga boy bo‘lgan seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar olishdi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati  

Teglar
BPT STM
  • Ko'rildi
    1045
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Бекназаров Қутлибай Нийетбаевич2019-05-29 09:35:08

Аҳолининг қачон партияга ишончи очади? Ҳар куни улар билан мулоқат қилиб бориш лозим. Партиянинг ҳавоси ҳар бир жамиятга ва ҳар бир оилага кириб бориши лозим.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2019-05-29 08:33:58

Партиямизнинг иш фаолиятини янада кучайттириш учун шартли равшишда куйи бугин жойлардаги БПТ ларни тугри йулга куйилиши, уларга барча кулайликлар яратилиши ишимизнинг саморадорлигини оширади. Шунки хакикатдан хам чекка жойлардаги аҳолини ўйлантираётган масалаларни улар яхши билади. БПТ лар тамонидан таклифлар, фикрлар, мураожаатлар купрок чикиш керак. Барча БПТ рахбарлари учун укув семинарлар купрок ташкиллаштирилса, уларни байрам саналарида партия тамонидан кулаб кувватлаб борилса, биз уйлаймиз БПТ рахбарлари жавобгарчиликни хис килади ва партияга эътиборни кучайттиради.


Fikringizni qoldiring

+