Deputat aralashgach 14-sonli maktab oldidagi serqatnov yo‘lda svetofor o‘rnatildi

28.05.2019, 14:32

Deputat aralashgach 14-sonli maktab oldidagi serqatnov yo‘lda svetofor o‘rnatildi

Navoiy viloyati Navbahor tumani “Saribozor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Oybek Bozorov tomonidan O‘zLiDeP viloyat Kengashiga murojaat kelib tushdi.

Fuqaro o‘z murojaatida mahalla hududidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 869 nafar o‘quvchi tahsil olayotganini aytib, serqatnov yo‘l bo‘yida joylashgan ta’lim muassasasi oldidagi piyodalar o‘tish joyiga svetofor o‘rnatish zarurligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, bunday yo‘llarda transport vositalari uchun belgilangan harakatlanish tezligi ham shaharlar ichki yo‘llariga nisbatan yuqoriligini bildirib, maktab oldidagi yo‘lda  svetofor o‘rnatishda ko‘mak so‘ragan.

“Ayni paytda maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarimiz katta yo‘ldan piyodalar yo‘lakchasi orqali o‘tishga ham qiynaladi va o‘z jonlarini xavf ostiga qo‘yib, yo‘llarni kesib o‘tadi. Bu esa katta yo‘llarda piyodalar ishtirokidagi yo‘l transport hodisalari sonining yildan yilga oshib borayotganiga sabab bo‘lmoqda”, – deb yozadi O.Bozorov.

Fuqaroning murojaati O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi vakillari tomonidan o‘rganilgach, bu masala yuzasidan xalq noibi A.Djurayev viloyat IIB YHXB boshlig‘iga deputatlik so‘rovi chiqardi.

Hayriyat sa’y-harakatlar, urinishlar zoye ketmadi. Deputat aralashgach muammo hal bo‘ldi va  maktab oldidagi yo‘lda svetofor o‘rnatildi.

 O‘zLiDeP Navoiy viloyat

 Kengashi  matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    101
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+