O‘zLiDeP 10 nafardan ortiq talabani kadrlar zaxirasiga oldi

28.05.2019, 14:37

O‘zLiDeP 10 nafardan ortiq talabani kadrlar zaxirasiga oldi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlikda “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbir avvalida partiya viloyat Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Mahmudov ishtirokchilarni loyihaning maqsad va vazifalari bilan tanishtirib, keyingi yillarda mamlakatimizga yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.  

Sh.Mahmudovning ta’kidlashicha, bugungi kunda mamlakatimizda o‘zining shaxsiy fikri, prinsiplari va sohaga yangicha yondashuvi bo‘lgan yosh rahbar kadrlarni mas’uliyatli lavozimlarga tayinlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz aholisining katta qismini aynan yoshlar tashkil etishi ham, zamonaviy yetakchilardan har tomonlama bilimli va tashabbuskor, eng avvalo, o‘z ishiga nisbatan fidokorona yondashuvni talab etadi.

“Bolaligimdan siyosiy jarayonlarga juda qiziqaman. Shu bois, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalar faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklar bilan muntazam tanishib boraman. Shu sababli O‘zLiDePning maqsad va vazifalari bilan tanishib chiqib, aynan shu partiyani tanlashga qaror qildim. Boisi, bu partiya nafaqat tadbirkorlarni balki biz kabi yoshlarni ham qo‘llab-quvatlaydi”, – deydi Buxoro davlat universiteti talabasi Asliddin Kamolov.

Tadbirda O`zLiDePga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 10 nafardan ortiq talabalar partiya kadrlar zaxirasiga olindi.

Aziz HAKIMOV,

O`zLiDeP viloyat Kengashi

mas’ul xodimi  

  • Ko'rildi
    173
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+