O‘zLiDeP sardobalik yoshlarga kitoblar jamlanmasini tuhfa qildi

28.05.2019, 15:08

O‘zLiDeP sardobalik yoshlarga kitoblar jamlanmasini tuhfa qildi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi  “Durdona” loyihasi doirasida Sardoba tumanidagi 9-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida “O‘zLiDeP, yoshlar, kitob va ma’naviyat” nomli aksiya o‘tkazdi.

Unda tumandagi 6, 12, 14, 21-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining  yuqori sinf o‘quvchilari va o‘qituvchilari, partiya tuman Kengashi mas’ul xodimlari, tuman xalq ta’limi bo‘limi vakillari qatnashdi.

Tadbirda o‘quvchi yoshlar o‘zlari sevib o‘qigan asarlari haqida fikr yuritdilar, yod olgan she’rlaridan namunalar o‘qishdi, kitob bilan do‘st bo‘lishning nechog‘lik foydali va ayni chog‘da zavqli ekanligi to‘g‘risida so‘zlab berdilar.

Tadbir davomida viloyatning eng chekka hududi Sardobada arzonlashtirilgan kitoblar savdosining tashkil etilganligi ishtirokchilarni mamnun etdi.  

“Keyingi vaqtda  yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari biroz pasaygani rost, – deydi partiya viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Dilshod To‘raqulov. – Ammo, insonning ongu tafakkurini charxlash, ma’naviy olamini boyitish, ezgulikni targ‘ib etishda kitobning o‘rni va qadr-qimmatini hech narsaga tenglab bo‘lmaydi”.

Shu kuni Boyovut tumani “Markaz” mahalasida jylashgan 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham aksiya doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Beshta tashabbusning biri sifatida tashkil etilgan tadbirda yigit-qizlar  kitobxonlik, hunarmandchilik, tasviriy san’at, sport va oshpazlik yo‘nalishlarida o‘z iqtidor va mahoratlarini ko‘rsatdi.

“Bugun kitob farzandlarimiz qo‘liga yana qaytdi. Hozir aksariyat ota-onalar farzandlariga qimmatbaho sovg‘a emas, balki ma’naviyat bulog‘i  – kitob sovg‘a qilishga odatlanishdi. Bu albatta har bir xonadonda, oilada kitobga bo‘lgan e’tibor, qiziqishning ortib borayotganidan dalolatdir”, – deydi O‘zLiDeP Boyovut tuman Kengashi apparat rahbari Manzura Dodayeva.

Tadbir yakunida partiya viloyat Kengashi tomonidan taqdim etilgan kitoblar jamlanmasi ham bu maktab kutubxonasiga katta tuhfa bo‘ldi. 

                            Dilorom  ESONOVA,

                            O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat

                                                                                           Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    205
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+