Sho‘manoylik deputatlarimiz mutasaddilar hisobotidan qoniqdi

29.05.2019, 16:09

Sho‘manoylik deputatlarimiz mutasaddilar hisobotidan qoniqdi

 Xalq deputatlari Sho‘manoy tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda deputatlar tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori o‘rinbosari M.Abdalovning hisobotini eshitdi.

M.Abdalovning ma’lum qilishicha, “2019 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholining bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, 2019 yilda 979 yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Joriy yilning 4 oyi davomida 110 yangi ish o‘rni yaratish belgilangan bo‘lib, amalda 116 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

“Shu yilning o‘tgan davri davomida markazga 432 fuqaro ish so‘rab murojaat qildi. Shundan 247 nafariga o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yo‘llanma berildi. Qolaversa, 115 nafar fuqaro “Obod qishloq” dasturi doirasida mavsumiy obodonlashtirish ishlariga, 17 nafari esa kasbga qayta tayyorlashga yo‘naltirildi”, – deydi  M.Abdalov.

Yig‘ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan tuman Investitsiya bo‘limi raisi A.Muhiyadinovning axboroti tinglandi.

A.Muhiyadinovga ko‘ra, tumanda 2019-2020 yillarda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan dastur doirasida 31 ta loyiha amalga oshirilishi belgilanib, buning natijasida 366 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.

“Masalan, sanoatni rivojlantirishda 8, xizmat ko‘rsatish va servis bo‘yicha 19, qishloq xo‘jaligi sohasida 10 ta loyiha amalga oshiriladi”, – deya qo‘shimcha qildi u.

Yig‘ilishda kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ye.Dao‘letmuratov hisobot berdi. 

Ye.Dao‘letmuratovning ta’kidlashicha, “Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish” dasturiga asosida 2019 yilda fermer xo‘jaliklarida 49 ta loyiha amalga oshirilishi  rejalashtirilgan. Hozirga qadar ushbu loyihalardan 15 tasi hayotga tatbiq etilgan.

“Jumladan, qo‘ychilikni rivojlantirish bo‘yicha 2, echkichilik bo‘yicha 4, parrandachilik bo‘yicha 2, asalarichilik bo‘yicha 3 hamda issiqxona tashkil etish bo‘yicha 4 ta loyihalar amalga oshirildi”, – deydi Ye.Dao‘letmuratov.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhining tegishli qarorlari qabul qilindi.      

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati 

  • Ko'rildi
    166
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+