O‘zLiDeP vakillari Bog‘ot tumanidagi namunali BPT faoliyati bilan tanishdi

29.05.2019, 16:24

O‘zLiDeP vakillari Bog‘ot tumanidagi  namunali BPT faoliyati bilan tanishdi

Bog‘ot tumanida  O‘zLiDeP Hazorasp, Yangiariq va Xonqa tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy kengash deputatlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari hamda yoshlar uchun bir kunlik amaliy seminar tashkil etildi.

 Dastlab ishtirokchilar Bog‘ot tuman Kengashi faoliyati bilan tanishdi. Shundan so‘ng tuman tibbiyot birlashmasi qoshida tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotida bo‘lib, quyi bo‘g‘in a’zolari bilan suhbatlashdi.

BPT raisi Baxtiyor Mirzayevning aytishicha, mazkur tayanch nuqta partiya tashkil topganidan beri, mana 15 yildirki samarali faoliyat olib boradi. Ayni paytda quyi bo‘g‘in 155 nafar a’zoni o‘z safiga jipslashtirgan.

“Bu yerga kelib taassurotlarim yanada boyidi. Barcha birdek joriy yilda bo‘lib o‘tadigan saylovga katta qiziqish va ishtiyoq bilan qarayotganiga guvoh bo‘ldim, – deydi Xonqa tumani “Turkiston” MFY qoshidagi BPT raisi Nodira Ro‘zmetova. – Endilikda o‘z faoliyatimni yana bir tahlil qilib, mavjud kamchiliklarimni bartaraf etishni maqsad qildim”.

Keyingi manzil “Xorazm tex” qo‘shma korxonasi bo‘ldi. Bu yerda korxona qoshida faoliyat yuritayotgan BPT raisi Zulfiya Piraddinova korxonaning ish jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, korxonaning kelgusidagi rejalari haqida ma’lumotlar berdi.

“Korxonamizda yiliga 400 tonna paxta tolasi qayta ishlanib, 3400 tonna ip-kalava ishlab chiqariladi. Mahsulotlar ichki bozorlarimiz bilan birga Rossiya va Xitoy davlatlariga ham eksport qilinadi. Yaqinda korxonaga 60 dan ziyod qishloq xo‘jalik agrotexnikalari keltirdik. Hozirda korxonada mehnat qilayotgan 310 nafar ishchidan  60 ga yaqinini partiyamiz a’zolari tashkil etadi. 2020 yilga kelib korxona katta sanoat kompleksiga aylantirilib, o‘zida yana 1000 nafar yoshlarni qamrab oladi va bu bilan tarafdorlarimiz soni ham sezilarli darajada oshadi”, Z.Piraddinova.

Bir kunlik amaliy seminarning yakuniy yig‘ilishida O‘zbekiston qahramoni, senator Sheripboy Rajabov hamda partiya Xorazm viloyat Kengashi apparat rahbari Jumanazar Qurbanovlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Seminar yakunida ishtirokchilarning takliflari inobatga olinib, galdagi muhim vazifalar belgilab olindi.      

Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    99
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+