O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” 50 nafar xotin-qizni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

29.05.2019, 16:55

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” 50 nafar  xotin-qizni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda Hazorasp tuman tibbiyot birlashmasida “Aholiga sifatli onkologik xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.  

Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda onkologiya muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, saratonga tashxis qo‘yish va davolashning samarali usullarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. 

 “Tumanimizda onkologik xastaliklar kelib chiqishining oldini olish va davolash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilyapti. Ayniqsa, mazkur yo‘nalishda xalqaro tajribalarni, davolashning ilg‘or usullarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilyapti. Bugungi tadbirdan ko‘zlangan maqsad ham xotin-qizlarni o‘z sog‘liklariga befarq bo‘lmaslikka chaqirish, ularda tibbiy madaniyatni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi”, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Roxatjon Yo‘ldashova.

Shu kuni tuman tibbiyot birlashmasida xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ko‘rik davomida 50 nafardan ortiq xotin-qiz UZI, EKG tekshiruvi, okulist, ginekolog, stomatolog, terapevt, LOR kabi bir qator tekshiruvlardan o‘tishdi.

 “Ko‘rik davomida onkologik xastaliklarni erta aniqlash, oldini olish, ushbu kasalliklarning kelib chiqish sabablari haqida kengroq ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Menda ham tekshiruv jarayonida mastopatiya kasalligining ilk bosqichi borligi kuzatildi. Shifokorning aytishicha, bir oy davomida ularning bergan ko‘rsatmasi asosida davolansam, kasallikning oldini olish mumkin ekan”, – deydi Aqljon Jumaniyazova.

Ma’lumot uchun, ko‘rik davomida 6 nafar ayolning ichki a’zosida yallig‘lanish borligi, 2 yurak yetishmovchiligi kasalligi, 4 nafarida mastopatiya, 3 nafarida surunkali adneksit, 1 nafarida bachadon bo‘yni yaralangan ektopiyasi aniqlandi.

Musharraf RAXIMOVA,

O‘zLiDeP Xorazm

viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    174
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+