Bolalarga bering dunyoni

31.05.2019, 17:58

Bolalarga bering dunyoni

OʻzLiDeP Shayxontohur tuman Kengashi xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi bilan hamkorlikda “Bolalarga bering dunyoni” deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazdi. 

“Mashhura ustoz” o‘quv markazida tashkil etilgan tadbirda tumandagi 37-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktabi o‘quvchilari, “Xuvaydo”, “Bog‘ko‘cha”, “Zafarobod” va “Ko‘kcha Darvoza” mahallalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari qatnashdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 1950 yildan e’tiboran 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlana boshlangan. 1989 yilda BMT Bosh  Assambleyasi bolalar huquqlari to‘g‘risida konvensiya qabul qilgan. Unda butun dunyo mamlakatlari uchun bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risidagi qonun yanada mustahkamlangan.

“Dunyoda bu kunning bayram qilinishidan maqsad keng jamoatchilik diqqatini bolalar muammolariga, ularning huquqlarini himoya qilishga qaratishdir, – deydi OʻzLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Boburjon Rasulov. – Zero, bugungi kunning bolasi, ertangi kunning kattasi. Bugun parvarishlagan niholimizdan ertangi kun ma’naviyat mevasini olamiz.

Tadbir so‘ngida tashkilotchilar tomonidan bolajonlarga bayram sovg‘alari topshirildi.

M.O‘RINOV,

OʻzLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1468
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+