Nasimjon Alimov: “Partiyamiz oldida turgan vazifalar ko‘p”

01.06.2019, 16:03

Nasimjon Alimov: “Partiyamiz oldida turgan vazifalar ko‘p”

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi ciyosiy ta’lim markazi partiyaning viloyat, tuman va shahar Kengashlari xodimlari hamda BPT raislari uchun o‘quv-seminar tashkil etdi.

Unda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari, partiya viloyat Kengashi vakillari, mahalliy Kengash deputatlari va quyi bo‘g‘in yetakchilari qatnashdi.   

Seminarda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri N.Alimov so‘zga chiqib, Prezidentimizning “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturlari va yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusini amaliyotga joriy etishda partiya faollari oldida turgan asosiy vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Bugun partiyamiz oldida turgan vazifalar ko‘p. Chunki keyingi paytda  mamlakatimizda qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning aksariyati O‘zLiDeP dasturiy maqsad va g‘oyalari bilan hamohangdir. Biz ushbu me’yoriy hujjatlarning aholi orasida targ‘ibotini amalga oshirish orqali tadbirkorlar safini kengaytirishimiz va aholi turmush tarzini yaxshilashga hissa qo‘shishimiz lozim”, – deydi N.Alimov. 

Seminarda partiya Samarqand viloyat Kengashi siyosiy ta’lim markazi rahbari J.Sayfiddinovaning O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi va saylov tizimi shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari (yangiliklari) hamda uning normalarini amaliyotga joriy etish mexanizmlari to‘g‘risidagi ma’ruzsi tinglandi.

Jonli muloqot va savol-javoblarga boy bo‘lgan seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob oldilar.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1182
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2019-06-04 15:49:29

Олдимизда турган вазифалар айниқса сайловлар йилида янада ошиши табиий. Партиямиздан сайланган депутатлар, масъул ходимлар, Кенгашлар томонидан аҳоли, электорат ва сайловчилар муаммоларининг кўтарилиши ва ечими бўйича аниқ амалий ишларнинг амалга оширилиши бу йилги сайловлар йилида ҳам париямизнинг мамлакатда лидер партия сифатидаги ролини сақлаб қолишида ўзининг ижобий таъсирини ўтказади менимча.


Fikringizni qoldiring

+