Jizzaxda O‘zLiDeP vakillari malaka oshirdi
01.06.2019, 16:07
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi siyosiy ta’lim markazi partiya Jizzax viloyat, tuman va shahar Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi ijrochi kotiblari, deputatlik guruhi rahbarlari hamda BPT raislari uchun o‘quv-seminar tashkil etdi.
Seminarda dastlab, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida O‘zLiDeP tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Xalqimiz turmush darajasini yanada oshirish maqsadida yechimini kutayotgan muammolar va ularni hal etish chora-tadbirlari muhokama etildi.
“Ayni chog‘da deyarli har kuni mamlakatimiz taraqqiyotining turli sohalari bo‘yicha kamida 2-3 ta qaror yoki farmon chiqarilmoqda. Chunki kundalik turmushda muammolar ko‘pligi va ularni hal qilish zarurati shuni taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan bugun har bir partiya vakili Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etishlari darkor”, – deydi O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri N.Alimov.
Shu kuni Jizzax iqtisodiyot kasb-hunar kollejida ham partiya vakillari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Unda partiya Jizzax viloyat, Sh.Rashidov, Paxtakor, Forish, Do‘stlik, Arnasoy, Zafarobod va Mirzacho‘l tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy kengash deputatlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari ishtirok etdi.
Seminar davomida hududiy partiya tashkilotlari va mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlik guruhlari faoliyatidagi muammo va kamchiliklar ham muhokama etildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga anketa-savolnoma tarqatildi va har bir ishtirokchidan tashkil etilgan o‘quv-seminar bo‘yicha fikr-muloxazalari olindi. Mavjud muammo va kamchiliklar o‘rganib chiqilib, birgalikda tahlil qilindi.
Saida UMARALIYEVA,
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
matbuot kotibi
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Ona tilim o‘lmaydi
18.10.2023, 17:36
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya o‘qitilmoqda, o‘rganilmoqda
05.09.2023, 16:36
-
Referendumda O`zLiDePdan ishtirok etadigan kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda
18.04.2023, 17:28
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
Bildirilgan fikrlar
Юсуфов Мардонбек2019-06-01 17:43:50
Ушбу ўқув семинар жуда қизғин рухда бўлиб ўтди.Маьрузачилар орқали жуда кўп маьлумотларини билиб олдик.Тадбир ташкилотчиларига катта рахмат.