Jizzax sement zavodida o‘tkazilgan sayyor qabulda 10 dan ortiq murojaat kelib tushdi

16.12.2017, 14:57

Jizzax sement zavodida o‘tkazilgan sayyor qabulda 10 dan ortiq murojaat kelib tushdi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan “Olmaliq KMK” AJga qarashli Jizzax sement zavodida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevori” nomli ma’ruzasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida o‘quv-seminar va sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda “Olmaliq KMK” AJga qarashli Jizzax sement zavodi ishchi xodimlari O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir partiyaning sayyor qabuliga ulanib ketdi. Qabul davomida ijtimoiy sohani rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha 10 dan ortiq murojaat hamda takliflar bildirildi.

Jumladan, Zafarobod tumani, Chimqo‘rg‘on QFYda yashovchi fuqaro A.Berdiyev mahallaga keladigan tabiiy gaz quvurlari tuman gaz idorasi tomonidan ogohlantirishsiz uzib qo‘yilgani bo‘yicha, Forish tumani, Uchquloch ShFYda yashovchi J.Naimov mahalla ahlini ko‘mir bilan ta’minlashda muammolar bo‘layotgani, Jizzax shahrida yashovchi J.Xolboyevning “Yoshlar ittifoqi” tomonidan beriladigan imtiyozli uylardan birini olish yuzasidan murojaatlari qabul qilindi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganib chiqilib, ma’sul bo‘lgan viloyat mutasaddi rahbarlariga tegishli tartibda deputatlik so‘rovlari yuborildi.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1804
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+