Beshta muhim tashabbus – ertamiz egalari istiqboli yo‘lida

03.06.2019, 15:27

Beshta muhim tashabbus – ertamiz egalari istiqboli yo‘lida

 O‘zLiDeP Gurlan tuman Kengashi 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan hududdagi 13-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus  doirasida bayram tadbiri o‘tkazdi.

Tadbir davomida jajji bolajonlar 5 ta shart asosida 4 guruhga bo‘lingan holda o‘zaro bellashdi. Hakamlar hay’ati ularni pazandachilik, ertak kitoblardagi qahramonlarni bilishi, qo‘shiq aytishi va raqsga tushish qobiliyatlariga qarab baholab borishdi.

“Bundan ikki oy avval davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Shu bois, ushbu tashabbusni yoshlar ongiga singdirishni maktabgacha ta’lim muassasamizdagi bolajonlardan boshladik. Chunki bola umri davomida oladigan ma’lumotlarining 70 foizini bog‘cha yoshida egallaydi”, – deydi MTM mudirasi Muyassar Azimjanova.

“Bola ongi rivojlanishi jarayonida ayniqsa, ularni sportga, san’atga, til o‘rganishga, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantira olsak, katta bo‘lganida ham o‘zlarida bu ko‘nikmalarni shakllantiradi. Bugungi tadbirning maqsadi ham aynan shunga qaratilgan”, – deya qo‘shimcha qildi u.

Tanlovda Zilola chiroyli raqsi, Muhammadjon ertakni ifodali va mazmunli aytib bera olishi, Nigina esa o‘zi tayyorlagan bahor salati bilan ishtirokchilarni qiziqtirdi.

Tadbir yakunida bolajonlarga partiya tuman Kengashining bayram sovg‘alari topshirildi. 

Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    8443
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+