Tadbirkor ayollar qo‘llab-quvvatlanmoqda
16.12.2017, 15:02
O‘zLiDeP Karmana tuman Kengashida tashkil etilgan “Tadbirkor ayollarning muammolarini o‘rganish markazi” a’zolarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollardan markaz a’zolariga kelib tushgan murojaat va takliflar muxokama markazida bo‘ldi.
Karmana tumani “Ko‘xna qo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Muxabbat Agzamova yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirishi uchun amaliy yordam so‘rab qilgan murojati markaz a’zolari nazoratiga olinib, xududdagi tajribali tadbirkor “Karmana DAST” xususiy korxonasi rahbari D. Astanovaga tajriba almashish maqsadida biriktirildi.
Partiyada tashkil etilgan “Tadbirkor ayollarning muammolarini o‘rganish markazi”ning tadbirida ishtirok etib, o‘z faoliyatimni kengaytirish uchun kerakli maslahatlarni oldim, ushbu guruhga a’zo bo‘lishni, tajribali tadbirkor xotin-qizlar bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni o‘zimga maqsad qildim, - deydi Muxabbat Agzamova.
Markaz a’zolari tomonidan hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida tumandagi “Bentonite” MChJ mahsulotlarini eksport qilishida qoplar yetkazib berish muammosi mavjudligini inobatga olib, tumanda yashovchi Nazira Jo‘rayeva hamda Yulduz Astanovalarning ushbu korxona bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.
O‘zLiDeP Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti huzuridagi va viloyatdagi barcha tumanlarda “Tadbirkor ayollarning muammolarini o‘rganish markazi”lari tizimli ravishda faoliyatlari yo‘lga qo‘yilib, tadbirkor ayollarning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy savodxonligini oshirishda yelkadosh bo‘lmoqda.
O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring