O‘zLiDeP deputatlari sirdaryolik yoshlar bilan uchrashdi

07.06.2019, 10:52

O‘zLiDeP deputatlari sirdaryolik yoshlar bilan uchrashdi

IIV qoshidagi Sirdaryo akademik litseyida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari bilan litseyda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida xalq vakillari mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor jahonda yuz berayotgan turli notinchliklar va kelishmovchiliklardan xulosa chiqargan holda hech qayerga va hech qaysi yo‘lga og‘ishmasdan, o‘z milliy tanlab olgan yo‘limizdan davom etishimiz lozimligini takidlab o‘tdi.

–Bugun xalq deputatlari viloyat kengashida O`zLiDePdan saylangan 19, shahar va tuman Kengashlarida 105 nafar deputat faoliyat yurityapti, – deydi xalq vakili Rashid Xudoyberdiyev. – Hozirda 124 nafar liberal g‘oya targ‘ibotchisi fermerlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalari egalarining manfaatlari, ayniqsa, yoshlar va ayollarning ish bilan bandlik darajasini ta’minlashga yaqindan ko‘maklashib kelmoqda. Xalq dardi va uning manfaatlari yo‘lidan borayotgan xalq noiblari doimo u yoki bu darajadagi muammolarning hal etilishiga o‘z hissalarini ko‘shib kelyapti.

Davra suhbati davomida yigit-qizlar o‘z loyihalari, kelajakdagi orzu-intilishlari bilan o‘rtoqlashishdi, bu borada deputatlarning fikr-mulohazalarini so‘rashdi. Partiya faoliyati, unda yoshlarning ishtiroki haqida ham so‘z bordi. Yangi qabul qilinayotgan qonunlar va qonunosti hujjatlar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir so‘ngida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga duputatdan javoblar olishdi hamda o‘zlarining talab va takliflarini bildirishdi.

                                             Begzod ERGASHEV,

                                             O`zLiDeP Sirdaryo tuman Kengashi

raisining yoshlar masalalari

bo‘yicha o‘rinbosari

  • Ko'rildi
    1037
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+