O‘zLiDeP faollari “Tashabbus - 2019” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi

11.06.2019, 17:01

O‘zLiDeP  faollari “Tashabbus - 2019” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi

Nukusda Prezident sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbus – 2019” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

Unda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan, tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar, jumladan yosh tadbirkorlar qatnashdi.

Tanlovda ishtirokchilar “Sanoat sohasidagi eng yaxshi tadbirkor”, “Xizmat ko‘rsatish sohasidagi eng yaxshi tadbirkor”, “Eng yaxshi fermer”, “Eng yaxshi yosh tadbirkor” hamda “Eng yaxshi hunarmand” kabi beshta yo‘nalish bo‘yicha bellashdi.

Hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra, O‘zLiDeP faoli, “Nukus Ziyoda-Nur” o‘quv markazi rahbari Z.Utenazarova tanlovning “Xizmat ko‘rsatish sohasidagi eng yaxshi tadbirkor” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘ringa loyiq topildi va Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

“2018  yilning aprel oyida tikuvchilik, sartaroshlik, pazandalik va turli xil bezash kurslari bo‘yicha o‘quv-markazi tashkil etgan edik, – deydi u. Keyinchalik yurtimizda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, massaj, kompyuter kursi va  buxgalteriya, qoraqalpoq naqshlarini o‘rganish kurslarini ochdik. Endi erkaklar sartaroshxonasi, mebel, poyabzal, uyali aloqa telefonlarini ta’mirlash, ingliz va rus tili kurslarini ham ochishni rejalashtiryapmiz. Menga bildirilgan ishonch esa kuchimga kuch qo‘shdi”. 

Sho‘manoylik yana bir faolimiz yakka hunarmand R.Matirzayeva ham tanlovning “Eng yaxshi hunarmand” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘ringa loyiq deb topildi.

“Qariyb 22 yildan buyon milliy va zamonaviy uslubdagi kiyim-kechaklar, o‘tovlar uchun gilamlarni qo‘l mehnati orqali to‘qib kelyapmiz. Hunarmandchilikni o‘z onamdan o‘rganganman. Shu bois, “Ustoz va shogird” an’anasini davom ettirgan holda hozirga qadar 16 nafar shogird tayyorladim. Bunday tanlovlar esa bizni yanada ko‘proq ishlashga, izlanishga undaydi”, – deydi  R.Matirzayeva.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1391
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб2019-06-12 09:01:30

Партиямиз тамонидан хар йили ташкиллаштириладиган “Ташаббус – 2019” кўрик-танловининг Қорақалпоғистон Республикаси босқичида голибликни кулга киритган партиямиз фаолларини табриклаймиз, келгуси боскичида хам омад ёр булишини тилаймиз .


Fikringizni qoldiring

+