O'zLiDePdan Toshkent shahar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga nomzodlar o‘z saylovchilari bilan uchrashmoqda

16.12.2017, 15:21

O'zLiDePdan Toshkent shahar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga nomzodlar o‘z saylovchilari bilan uchrashmoqda

Saylovoldi targ‘ibotda saylovchilar bilan bevosita uchrashib muloqot qilish eng samarali usullardan biri hisoblanadi, deydi - 28-“Qo‘rg‘on” saylov okrugidan Toshkent shahar xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputatligiga nomzod Jahongir Muxammadiyev. - Kuni kecha o‘z saylovchilarimiz bilan uchrashdik. Uchrashuv biz kutgandan ham qiziqarli va savol -javoblarga boy bo‘ldi.

Aholini asosan kommunal, tibbiyot, ta’lim sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar qiziqtirmoqda va ulardagi ayrim kamchilaiklarni bartaraf etish masalasi ham dolzarbligini ta’kidlashdi. Saylovlarda yorug‘ yuz bilan ishtirok etib, xalqimiz ishonchini qozonib, deputatlikka saylansak, mazkur muammolarni partiyaviy vositalar ya’ni O'zLiDePning kuchli deputatlik korpusi va ularga berilgan vakolatlardan unumli foydalangan holda hal etamiz.

Saylovchilarimizning ishonchini oqlashga, chinakam Xalq vakili degan, sharafli nomga loyiq bo‘lishga harakat qilaman! 

Manba

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Saylov 2017
  • Ko'rildi
    1789
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+