Namangan shahridagi seminarda namunali BPTlar taqdirlandi

14.06.2019, 11:38

Namangan shahridagi seminarda namunali BPTlar taqdirlandi

Namangan shahrida amaliy seminar tashkil etildi.

Unda O`zLiDeP Namangan shahar, Kosonsoy va Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashlari mas’ul hodimlari, BPTlar, mahalliy Kengash deputatlari va partiya faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Dastlab ishtirokchilar Namangan shahar Kengashi faoliyatiga doir partiya safiga a’zolarni qabul qilish, BPTlar, mahalliy Kengash deputatlari, elektorat vakillari, yoshlar va ayollar bilan ishlash hamda  kadrlar zahirasini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng seminar ishtirokchilari dastlab shahardagi “Bog‘” MFY qoshidagi va Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qoshidagi BPTlarga bordi. U yerda quyi bo‘g‘in a’zolari bilan quyi tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, BPTning deputatlik guruhi bilan o‘zaro hamkorligi, joylardagi muammolarni o‘rganish va ularni partiyaviy vositalar orqali hal etish masalalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari borasida o‘zaro fikr almashildi.

Keyingi manzil “Ideal Tekstil - Orzu”  korxonasi bo‘ldi. Bu yerda korxona qoshida faoliyat yuritayotgan BPT raisi Sanjar Xalilov seminar qatnashchilariga BPTning aholi, ayniqsa yoshlar va ayollar bandiligini ta’minlash, hududiy partiya tashkiloti bilan uzviy hamkorlikda ishlash hamda partiya a’zolari sonini oshirishdagi ahamiyati haqida so‘zlab berdi.

– Korxonamizda import o‘rnini bosuvchi kostyumlar va davlat buyurtmalari asosida maxsus ustki kiyimlar ishlab chiqarilmoqda, – deydi S.Xalilov. – Bugungi kunda korxonamizdagi 82 nafar ishchi va xizmatchilar partiyaga a’zo bo‘lishgan. Korxonamizda partiya bilan hamkorlikda muntazam ravishda ishchi va xizmatchilar bilan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarda davra suhbatlari va o‘quv-seminarlarini o‘tkazib kelyapmiz. Bu albatta korxona hodimlarining siyosiy faolligini oshirish bilan birga, partiya dasturiy maqsad va vazifalarini aholi o‘rtasida yanada kengroq targ‘ib etishga hizmat qilmoqda.

Shundan so‘ng ishtirokchilar “BIRUZA GROUP” MChJga bordi. U yerda saylovlarda hamda oraliq (qayta) saylovlarda faol ishtirok etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

– BPTlar tomonidan mahalliy Kengash deputatlari bilan hamkorlikda joylardagi yechimini kutayotgan dolzarb muammolar, xususan, yo‘llarni asfaltlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, aholiga sifatli maishiy xizmat ko‘rsatish kabi masalalar ijobiy hal etishga erishildi, – deydi Namangan shahar Kengashi apparat rahbari Sohiba Gapparova. – Shuningdek, BPTlar tashabbusi bilan mingdan ortiq xonadonlarga o‘z tomorqalaridan unumli foydalanishlariga ko‘maklashildi.

Amaliy seminar davomidagi uchrashuvlar, taqdimotlar va fikr mulohazalardan kelib chiqib, shahar va tuman Kengashlari BPTlar faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Seminar yakunida O`zLiDeP Namangan shahar Kengashi tarkibidagi bir guruh namunali boshlang‘ich partiya tashkilotlari va faol deputatlar  taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, Bugungi kunda Namangan shahrida partiyaning 139 ta quyi bo‘g‘ini faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur BPTlar tarkibidagi partiya a’zolari soni 4563 tani tashkil etadi.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

Teglar
BPT STM
  • Ko'rildi
    80
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+