Jomboylik gulchi Muborak O‘roqova “Ishbilarmon ayol” ko‘rik tanlovi tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi

14.06.2019, 11:50

Jomboylik gulchi Muborak O‘roqova “Ishbilarmon ayol” ko‘rik tanlovi tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi

Jomboyda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol” respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tuman markaziy istirohat bog‘ida tanlov munosabati bilan  fermerlar , chevarlar, hunarmandlar, tadbirkorlar  tomonidan ko‘rgazma  tashkil qilindi. Partiya tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda gulchi Muborak O‘roqovalar oilasi birinchi o‘rinni egalladi.

Muborak O‘roqova turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan 5 yildan buyon gullarning  50 ga yaqin turlarini yetishtiradi. Ularning 15 turi xona gullari bo‘lib, qolgan 40 dan ortig‘i  dekorativ gullar hisoblanadi.           

- Gulchilik  Jomboyda qolaversa, viloyatda serdaromad biznes hisoblanmaydi. Gul biznesining ma’lum mavsumi bor.  Ammo bu bizning oilamizni tashvishga solmaydi. Gul yetishtirish bizga shunchaki qiziqish, biz bundan o‘zgacha zavq-shavq olamiz. Shu bois tomorqamizda ham issiqxonamiz gullar bilan to‘la, - dedi M.O‘roqova.

 Tanlov natijalariga ko‘ra  2- o‘ringa tikuvchi Aziza Nurmatova munosib deb topilgan bo‘lsa,  3-o‘ringa “Nina zamini” fermer xo‘jaligi raisi Salima Umarova loyiq deb topildi.

Baxtigul Qarshiyeva,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    266
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+