Urganchda seminar ishtirokchilari xorijga eksportni yo‘lga qo‘ygan korxona faoliyati bilan tanishdi

14.06.2019, 12:05

Urganchda seminar ishtirokchilari xorijga eksportni yo‘lga qo‘ygan korxona faoliyati bilan tanishdi

Avval xabar qilinganidek joylarda hududiy amaliy seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda. Ana shunday amaliy seminarning navbatdagisi Urganch shahrida o‘tkazildi.

Uchrashuvda partiya xodimlari, deputatlar, joylardagi BPT raislari va ularning o‘rinbosarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

O‘zLiDeP Urganch shahar Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishgan seminar ishtirokchilari Xorazm viloyatidagi “Ayollar ijtimoiy moslashuv markazi”dagi BPT va markaz faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

– Markazimizda vohamizdagi xotin-qizlarni og‘ir ruhiy, ijtimoiy tanglikdan olib chiqish, uy bekalarining turmush tarzi, dunyoqarashi va munosabatlarini o‘rganish, murakkab vaziyatga tushib qolgan ayollarni moddiy va ma’naviy qo‘llab – quvvatlash va bunda partiya bilan hamkorlikda xotin-qizlar bandligini ta’minlashga, imtiyozli kreditlar asosida ularni tadbirkorlikka keng jalb qilishga ahamiyat qaratib kelmoqdamiz, – deydi partiya Urganch shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, markaz rahbari Nigora Qo‘shchanova. Yaqinda ana shunday 2 nafar ayolimizga imtiyozli kredit asosida tikuv mashinalari olib berdik va biz ana shu amaliyotni to‘xtatmaymiz.   

Seminar ishtirokchilarining navbatdagi manzili “Xorazm ipagi” MChJdagi quyi bo‘g‘in bo‘ldi. 200 nafar ishchi-xodimlar mehnat qilayotgan mazkur korxona asosan trikotaj mahsulotlari ayollar, erkaklar va bolalar uchun dastro‘mollar, oshxona fartuklari ishlab chiqarilib, mahalliy bozorga va xorijga, xususan Rossiya va Ukraina davlatlariga eksport qilinmoqda.

– O‘tgan yili 190 ming AKSh dollariga teng eksportni amalga oshirgan bo‘lsak, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 250 ming AQSh dollariga yetkazishni, ishchi-xodimlar sonini va albatta partiyamiz tarafdorlari sonini ham ko‘paytirishni maqsad qilganmiz, – deydi korxonadagi BPT raisi Sanobar Iskardarova. – Eng quvonarlisi mazkur korxonada ishlayotgan 101 nafar xodim partiya a’zoligiga qabul qilingan.

Bir kunlik amaliy seminarning yakuniy yig‘ilishida Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon Alimov, partiya viloyat Kengashi raisi, deputat Shavkat Safarbayevlar joriy yilda bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlarida barchani faollikka chaqirib, quyi bo‘g‘inlar faolligini yanada oshirish, a’zolarimiz safini yanada kengaytirish, partiyamiz faollari bilan joylarda siyosiy o‘quvlarni yanada rivojlantirish, Davlat dasturlari va beshta muhim tashabbus ijrosini birgalikda amalga oshirish borasida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Seminar davomomida ishtirokchilar 4 ta guruhga bo‘lingan holda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bunda partiyamiz nufuzini yanada oshirish, mamlakatimizda tadbirkorlikni keng yo‘lga qo‘yish, yoshlar bandligini ta’minlash, deputatlar faoliyati va bu boradagi kamchiliklarga to‘xtalib, o‘z navbatida ularni bartaraf qilish choralari borasida o‘zlarining bir qator takliflarini ham bildirdilar.

Seminar yakunida partiyamizga yangi qabul qilingan a’zolarimizga a’zolik guvohnomalari, faol va tashabbuskor quyi bo‘g‘in a’zolari va faollarga viloyat Kengashining tashakkurnomalari topshirildi. 

Eslatib o‘tamiz, Namanganda tashkil etilgan ana shunday semninarlarda ham namunali BPTlar taqdirlangandi.

Nilufar Djabbarova,

O‘zLiDeP Xorazm

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

Teglar
BPT STM
  • Ko'rildi
    1267
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+