«Oylik maoshi menga ma’qul» – hazorasplik ayol deputat ko‘magida ishli bo‘ldi

14.06.2019, 12:18

«Oylik maoshi menga ma’qul» – hazorasplik ayol deputat ko‘magida ishli bo‘ldi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zebiniso Karimova Hazorasp tumanining “Amudaryo” mahallasida  sayyor qabul o‘tkazdi.  

Uchrashuvda Elektr tarmoqlari korxonasi, tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi, “Amudaryo” MFY raisi va faollari ishtirok etdi.

Xalq vakili uchrashuvda shu kungacha hudud muammolarini hal qilish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari, tegishli tashkilotlarga yuborgan deputatlik so‘rovlari hamda ularning bajarilishi yuzasidan hisobot berdi.

Sayyor qabul davomida aholi tomonidan maktabgacha ta’lim muassasasi zarurligi, ichimlik suvi muammosi, ko‘chalarni ta’mirlash, xususan ichki yo‘llarni tungi yorituvchi chiroqlar bilan ta’minlash, ishga joylashish bo‘yicha muammolar ko‘tarildi.

O‘rganilgan muammolarning ko‘pchiligi deputat va mutasaddilar ko‘magida joyida hal qilindi.

Jumladan, Amudaryo mahallasida yashovchi ayollar ish so‘rab murojaat qilishdi. Ulardan Nasiba Ro‘zimova, Mahbuba Qo‘chqarova va Nigora Saidxasanovalar shu yerning o‘zida deputat Z.Karimova va tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi inspektori D.Anyazovlar tomonidan tuman Obodonlashtirish bo‘limiga jamoatchilik ishlariga qo‘yildi.

– Ko‘p yildan beri bola parvarishi sabab uyda edim. Ish so‘rab borgan tashkilotlar diplomim yo‘qligi sababli meni ishga olishmadi. Bugun deputatimizdan minnatdorman. Meni obodonlashtirish bo‘limiga ishga joylashishimga ko‘maklashdi. Oylik maoshi ham menga ma’qul, - deydi fuqaro Mahbuba Qo‘chqarova. 

Shuningdek, mahalladagi yana 5 nafar ayollarimiz uylarida chorvachilik qilish istagini bildirib, “Xar bir oila tadbirkor” Davlat dasturi asosida imtiyozli kredit olishda qiynalayotganini aytib qilgan murojaatlari ham deputat tomonidan ijobiy hal qilindi. Ikki kun ichida deputat ko‘magida ushbu ayollarning hujjatlari rasmiylashtirilib, “Agrobank” ATB Hazorasp filialiga taqdim qilindi va Nasiba Ro‘zimova, Muxayyo Raximovalarg, Dilfuza Qurbonova, Roxila Ayitboyevalarga chorva mollari olib berildi.

Amudaryo mahallasida yashovchi fuqaro Ro‘zimova Nasiba Farovon hayot ko‘chasidagi 206 ta xonadonga o‘tkazilgan elektr energiya simlarining nosozligi tufayli mahallaga yangi transformator va sim yog‘ochlar o‘rnatib, elektr simlarini yangilash zarurligi bo‘yicha qilgan murojaatini deputat Zebiniso Karimova tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish orqali amaliy yordam berishini aytdi. Qolgan muammoli masalalar ham shu kunning o‘zida mutasaddilar bilan hamkorlikda deputatlik nazoratiga olindi va galdagi vazifalar belgilab olindi.

Ta’kidlash joizki, xalq vakili Zebiniso Karimova deputatlik faoliyatini joriy yilning yanvar oyida  mahalliy kengash deputatligiga bo‘lib o‘tgan qayta saylovda o‘zining tashabbuskorligi bilan yutib,1 -Toshsoqa oqguridan O‘zLiDeP deputatligiga saylangan.

  Nilufar Djabbarova,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    2100
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+