Kelajak bugundan boshlanadi

18.12.2017, 16:24

Kelajak bugundan  boshlanadi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan Prezidentimizning “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevori” nomli ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalar” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Unga partiya hududiy tashkiloti xodimlari, deputatlar hamda yoshlar  taklif etildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Prezidentimiz ma’ruzasida yettinchi ustuvor yo‘nalish sifatida tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk dahlsizligini amalda ta’minlash bo‘yicha  ko‘rilgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratilgan. Bugungi kunda viloyatda 16 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritayotgani, ularning yalpi hududiy mahsulotdagi va yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ulushi ortib borayotgani e’tirof etildi.

Shuningdek, notiqlar tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini tizimli va izchil himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida “Biznes Ombudsman” instituti tashkil etilgani, uning maqsad va vazifalari haqida tushuncha berishdi.       

O‘quv-seminari savol-javoblar, bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Uning yakunida  Prezidentimizning ushbu ma’ruzasi mazmun-mohiyatini joylarda partiya elektorati vakillari, saylovchilar bilan bo‘layotgan uchrashuvlarda ta’sirchan usullarda targ‘ib etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

 Rustamjon HAKIMOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1279
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+