Biz uchun ustuvor masala – tez va shoshilinch tibbiy yordamni yanada rivojlantirish

Biz uchun ustuvor masala – tez va shoshilinch tibbiy yordamni yanada rivojlantirish

1 - “Shifokorlar” saylov okrugidan Toshkent shahar Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatligiga O‘zLiDePdan nomzod Abduqaxxor To‘xtayev o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tibbiy xizmat sifatini oshirish, sohaga malakali kadrlarni jalb qilish, dori-darmon vositalari narhini mo‘‘tadillashtirish kabi masalalar ko‘tarildi.

— Biz uchun ustuvor masala – sog‘liqni saqlash tizimini, eng avvalo, uning boshlang‘ich bo‘g‘ini, tez va shoshilinch tibbiy yordamni yanada rivojlantirish, zamonaviy tibbiyot yutuqlarini joriy etish, oilalar sog‘lig‘ini mustahkamlashdir, - deydi  Abduqaxxor To‘xtayev. —Saylovchilarimizga arzon, sifatli va malakali tibbiy yordam sohasiga xususiy kapitalni jalb etish orqali sog‘lom raqobat muhitini yaratish, davlat-xususiy sherikligi tamoyillari asosida tibbiyot sifatini tubdan yaxshilash tarafdori ekanligimizni ta’kidladik. Shuningdek, biz sog‘liqni saqlashning xususiy sektorini barqaror rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va yuksak malakali chet ellik mutaxassislarni jalb etish, xususiy tibbiyot sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni kengaytirish, tibbiy turizmni va tibbiy xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashimizni va bu borada aniq, amaliy ishlar bilan o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlar sari dadil qadam tashlayotganligimizni misollar bilan tushuntirib o‘tdik.

Qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda poytaxtimiz hayotining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalariga ham batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Fayoz ODINAYEV,

“O‘zLiDeP yosh targ‘ibotchilar guruhi” a’zosi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Saylov 2017
  • Ko'rildi
    1935
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+