Ekspert Dilshod Rahmonov soliqdagi imtiyozlar haqida: «Biz yangi narsa kashf qilishimiz kerak emas, bor qonunlarga bo‘ysinsak bo‘ldi»

01.08.2019, 09:31

Ekspert Dilshod Rahmonov soliqdagi imtiyozlar haqida: «Biz yangi narsa kashf qilishimiz kerak emas, bor qonunlarga bo‘ysinsak bo‘ldi»

O'zLiDePning yangilangan dasturi va saylovoldi dasturi loyihalari muhokamasiga Bank-moliya akademiyasining moliya kafedrasi mudiri, ekspert Dilshod Rahmonov soliq imtiyozlari haqida quyidagi taklifini bildirdi.

“Bizning Soliq kodeksimizga qaraydigan bo‘lsak, faqat soliq kodeksiga belgilanganligi bo‘yicha imtiyoz beriladi. Vazirlar mahkamasining qarori bilan berilishi aslida mumkin emas. Masalan, stakan firmasi ochiladida unga alohida imtiyoz beriladi. Bu mumkin emas. Soliq qonunchiligi bo‘yicha bizda soliqlarni faqat Oliy Majlis joriy qiladi yoki bekor qila oladi. O‘z-o‘zidan soliq qonunchiligida mavjud bo‘lmagan soliqlar va imtiyozlar boshqacha joriy qilinishi o‘zi mumkin emas. Biz yangilik kashf qilishimiz kerakmas, bor qonunlarga bo‘ysinsak bo‘ldi. Shuning uchun ham imtiyozlardan yiroqroq bo‘lish kerak. Chunki, imtiyoz beraverish kerakmas. Imtiyozlarni ko‘paytirish bilan investitsiyaga sharoit yaratib bermaydi. Chunki investor o‘zi biladi. Soliqdan qanaqa darajada foydalanish, yaxshi to‘lash va boshqa omillarini. Unga faqat to‘g‘ri sharoit yaratib bersa bo‘ldi. Imtiyoz berish bu bitta kichkina omil xolos. Siz bilan biz alohida korxonaga (soliq imtiyozini demoqchi) qaysi tartib qoida bo‘yicha joriy qilinyapti bexabarmiz. Lekin u qonunchiligimizga zid”, - dedi ekspert. 

  • Ko'rildi
    898
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+