O‘zLiDeP tashkil etgan sayyor qabulda 15 ga yaqin murojaat hal etildi

01.08.2019, 17:16

O‘zLiDeP tashkil etgan sayyor qabulda 15 ga yaqin murojaat hal etildi

O‘zLiDeP  Andijon viloyat Kengashi Marhamat tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.  

Qabulda hudud aholisining turli sohalarga oid muammolari, talab va takliflari eshitildi. Yo‘llarni ta’mirlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ta’lim va tibbiyot singari dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan, ammo kredit olishda qiynalayotgan aholi vakillarining murojaatlari joyida hal qilindi. O‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar, xotin-qizlarga kerakli maslahatlar, tavsiyalar berildi.

–Ko‘p yillardan buyon nabiramni astma kasali bezovta qiladi, – deydi Marhamat tumani “Shomat” mahallasida yashovchi Zulfiyaxon Abdullayeva. – Shu bois deputatlardan Jizzax viloyati Zomin tumanidagi dam olish maskaniga yo‘llanma olishda yordam so‘radim. Muammoyim ijobiy hal bo‘lganidan xursandman. Buning uchun O‘zLiDeP viloyat Kengashiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Tumandagi Polvontosh shaharchasi “Markaziy” mahallasida yashovchi kam ta’minlangan Zoya Butaboyeva turli xil shirinliklar tayyorlashga usta ekanini aytib, elektropech olishda ko‘mak so‘radi. Uning murojaati joyida hal bo‘ldi.

Sayyor qabul jarayonida tinglangan murojaatlarning 15 tasi joyida o‘z yechimini topdi. Muddat talab etadigan murojaatlarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qatiy nazoratga olindi. 

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    179
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+