Internetdan kim qanday foydalanadi?

18.12.2017, 18:39

Internetdan kim qanday foydalanadi?

 Yaqinda O‘zLiDeP Guliston shahar Kengashi tomonidan Guliston olimpiya zaxiralari kollejida “Xavfsiz internet” loyihasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat va Guliston shahar Kengashi xodimlari, Guliston shahar IIB xodimlari, viloyat diniy idorasi vakili, partiya faollari ishtirok etdi.

– Jahon axborot tarmog‘iga kirayotgan yoshlar soni soat sayin oshmoqda, – deydi – Guliston shahar IIB profilaktika inspektori, leytenant A.Usmonov. –O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 2008 yilda 2 million bo‘lsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 13 milliondan oshdi, ularning aksariyatini yoshlar tashkil etadi.

Davra suhbatida ta’kidlanganidek, din niqobidagi buzg‘unchi kimsalar yoshlarni o‘z tuzoqlariga ilintirishda internetdan ustamonlik bilan foydalanmoqda. Statistika malumotiga ko‘ra buzg‘unchilik, zo‘ravonlik, ekstremizm va terrorizmni targ‘ib qiluvchi veb-saytlar soni 10000 tadan oshgan. O‘lar o‘zlarini “yaqin do‘st” yoki “hidoyatga chorlovchi” sifatida tanitib, yoshlarga buzg‘unchi g‘oyalarni singdirmoqda. Shu bois buzg‘unchi kayfiyatdagi turli veb-saytlardan, ularda tarqatilayotgan ma’lumotlardan yoshlarimizni asrash – har birimizning asosiy burchimizdir. 

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan atroflicha javob berildi.

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1694
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+