Fuqarolarimiz manfaatlari yo‘lida xizmat qilish – asosiy vazifamiz!

18.12.2017, 19:33

Fuqarolarimiz manfaatlari yo‘lida xizmat qilish – asosiy vazifamiz!

9-“Baynalminal” saylov okrugidan Toshkent shahar xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatligiga O‘zLiDePdan nomzod Ozoda Muhidova mahallalarda xonadonma-xonadon yurib, saylovoldi targ‘ibot ishlarini amalga oshirmoqda.

Saylovchilar bilan muloqot davomida saylov okrugidagi muammolarni ham o‘rgandi.

—Hududni o‘rganar ekanmiz zudlik bilan hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar ham mavjud ekan, - deydi Ozoda Muhidova. —Xususan, mahalla aholisi katta bir maydonda o‘zbilarmonchilik bilan ahlatxona yaratib olganligini, bu mahalla ko‘rkini buzayotganligini, shuni o‘rniga bolalar uchun o‘yin maydonchasi barpo etishda yordam so‘rashdi. Nasib bo‘lsa, mazkur muammolarni deputat bo‘lib saylanganimdan keyin, bizlarga beriladigan vakolatlardan foydalanib, hal etishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.

Muloqotlar chog‘ida nomzod o‘z saylovoldi dasturi, ularda ilgari surilgan maqsad va vazifalar to‘g‘risida ham batafsil ma’lumot berdi.

Aziz saylovchilar! Xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishni o‘z oldiga maqsad qilgan O‘zLiDeP nomzodalariga ovoz bering!

Ziyoda Ma’rupova,

Toshkent shahar xalq deputatlari

Mirobod tuman Kengashi deputatligiga

O‘zLiDePdan nomzod Ozoda Muhidovaning

 ishonchli vakili

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Saylov 2017
  • Ko'rildi
    2165
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+