O‘zLiDeP yoshlar uchun “QQAVTOTEXXIZMET” korxonasiga sayohat uyushtirdi

16.08.2019, 09:53

O‘zLiDeP yoshlar uchun “QQAVTOTEXXIZMET” korxonasiga sayohat uyushtirdi

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi partiya “Yoshlar qanoti” faollari uchun “QQAVTOTEXXIZMET” korxonasiga sayohat uyushtirdi.

Bundan ko‘zlangan maqsad – yoshlarni korxona qoshida faoliyat yuritayotgan BPT faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, yigit-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, partiyaga xayrixoh yoshlarni O‘zLiDeP safiga jalb etish, shuningdek, korxonada ishlab chiqarilayotgan avtomobillar haqida ularga kengroq ma’lumotlar berishdan iborat bo‘ldi.

“Guvohi bo‘lganingizdik, korxonamizda so‘nggi yillari ishlab chiqarilayotgan “Malibu-3”, “Nexia-3”, “Tracker”, “Motorola” avtomobillari keltirilgan. Korxonamiz asosan diller sifatida aholiga xizmat ko‘rsatadi. Qolaversa, avto seximizda ta’mirga muhtoj holatga tushib qolgan mashinalar ham ta’mirlanadi”, – deydi korxona bosh menedjeri A.Muratbayev.

“Keyingi yil avtotransport kollejini tamomlayman, – deydi partiya “Yoshlar qanoti” faoli S.Sultabayev. – Bolalikdan avtomobillarga qiziqishim baland bo‘lgani sababli, 3 oydan buyon ushbu korxonada ish o‘rganyapman”.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    917
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара 2019-08-16 15:12:27

Ешлар учун кургазмали семинарлар, йирик тадбиркорларга саёхатлар килиш уларнинг тадбиркорликка кизикишларини уйготади албатта. Мингта эшитгандан битта курган афзал. Партиямиз сафи талапчанг, дунё караши кенг, изланувчанг ёшлар билан туликтирилиб борилса нур устига нур булари сузсиз.


Fikringizni qoldiring

+