O‘zLiDeP tarafdorlari soni kundan-kunga ortib bormoqda
20.08.2019, 15:07

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi vakillari To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “FT TEXTILE GROUP” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuvda mamlakatimizdagi ko‘ppartiyaviylik tizimi, O‘zLiDePning maqsad va vazifalari borasida batafsil so‘z yuritildi.
Ta’kidlanginidek, mamlakatimizda tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, biznes vakillari huquqlarini qonuniy himoya qilish va qulay biznes muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida hududlarda eksportbop, import o‘rnini bosuvchi, raqobatbardosh korxonalar soni kundan-kunga ortib bormoqda.
Viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan “FT TEXTILE GROUP” MChJ ham ana shunday korxonalardan biridir. Korxonaga Germaniyadan zamonaviy ip yigiruv mashinalari, Belgiya, Shveysariya, Hindiston va Turkiyadan zarur uskunalar keltirib o‘rnatilishi natijasida yiliga 15,6 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarni esa Xitoy, Rossiya, Turkiya va Ukraina mamlakatlariga eksport qilinmoqda. Natijada bugungi kunda 300 kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.
- Bugun korxonamizga tashrif buyurgan O‘zLiDeP vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotdan so‘ng hech ikkilanmay tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida siyosiy sahnaga chiqqan mazkur partiyaga a’zo bo‘ldim, - deydi “FT TEXTILE GROUP” MChJ rahbari Zafarjon Rahimov. – Albatta, men birgina a’zolik bilan to‘xtab qolmay, joriy yilda mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ham munosib ishtirok etmoqchiman. Maqsadim nafaqat o‘z tadbirkorligimni rivojlantirish, balki aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali ularning turmush farovonligini yanada yaxshilashga munosib hissamni qo‘shmoqchiman.
O‘zLiDeP vakillarining tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuvlari davom etmoqda. Targ‘ibot tadbirlari natijasida partiya tarafdorlari soni kun sayin ortib boryapti.
Ibrohim SATTAROV
O‘zLiDeP Namangan viloyat
Kengashi Biznes tuzilmalari
va fermerlar bilan
ishlash bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
O’zLiDeP deputati mirzaobodlik 50 nafar yoshlarning bandligini ta’minlamoqchi
15.09.2020, 15:32
-
O'zLiDeP faoli Afrika laqqa balig‘ini intensiv usulda ko‘paytirmoqda
26.08.2020, 11:40
-
“Sirdaryo varaka chevarlari" MChJning 60 nafar ishchi-xodimlari partiya a’zoligini qabul qildi
21.08.2020, 17:21
-
Tadbirkorlik va qurilish sohasidagi muammolar yechimiga bag‘ishlangan muloqot o‘tkazildi
25.02.2020, 19:23
-
“Yoshlar–kelajagimiz!” jamg‘armasi 2020 yil boyovutlik 13 nafar yoshlarlarga 1 mlrd. 600 mln. so‘m kredit ajratadi
17.02.2020, 17:06
Fikringizni qoldiring