Maqtanishga arzigulik yutuqlarimiz ko‘p

22.08.2019, 10:47

Maqtanishga arzigulik yutuqlarimiz ko‘p

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida joriy yilning 20-21 avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari o‘z tashrifini Mo‘ynoq tumanidan boshladi. Bu yerda Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mazkur loyiha 2019-2022 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, suv havzalarini samarali boshqarish orqali hudud ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga qaratilgan. Prezidentimiz hududda chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadini ko‘paytirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Ta’kidlash joizki, Prezidentimizning Mo‘ynoq tumanini iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, Orol  fojiasidan aziyat chekkan aholining hayotini yaxshilash borasida ilgari surgan tashabbusi doirasida keyingi yillarda tumanda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Qisqa vaqt ichida qator ob’ektlar foydalanishga topshirildi. Jumladan, 800 o‘rinli amfiteatr va davlat xizmatlari markazi qurildi, madaniyat markazi va stadion, “Bozatau” ovul fuqarolar yig‘inidagi oilaviy poliklinika rekonstruksiya qilindi.

“Mo‘ynoq porloq teks” MChJ joriy yil iyul oyida tikuvchilik korxonasi tashkil etib, 350 kishini ish bilan ta’minladi. Zamonaviy tikuv mashinalari o‘rnatilgan yangi korxona yiliga 1 million dona tayyor tikuvchilik va trikotaj mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirgi kunda choyshab, ko‘rpa jildlari va maxsus ish formalari tikilmoqda. Shu yerda savdo do‘koni tashkil etilgan. Yangi qurilayotgan uylardan korxona ishchilari uchun xonadonlar ajratilgan. Davlatimiz rahbari korxona faoliyati bilan tanishib, ishchi-xodimlar bilan dildan suhbat qildi. Korxona faoliyatini kengaytirish, mahsulot turini ko‘paytirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berdi. Bu o‘z navbatida, O‘zLiDeP elektorati vakillari oldiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Chunki aholini tadbirkorlikka jalb etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlash partiyamizning birlamchi vazifasidir. 

Bir paytlar Mo‘ynoq tumani baliqchilik sanoati bilan ham mashhur bo‘lgan. Prezidentimiz o‘tgan yilgi safari chog‘ida mavjud suv havzalarida baliqchilikni qayta tiklash va rivojlantirish, shu orqali aholini barqaror daromad bilan ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar bergan edi. “Mo‘ynoq akva sanoat” korxonasi ana shu tashabbusning amaliy natijasidir. Loyiha qiymati 20 milliard so‘m bo‘lgan ushbu korxona kelasi oy ishga tushiriladi va yiliga 4 ming tonna baliqni qayta  ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. 200 tonna dudlangan baliq, 780 tonna qiyma, 400 tonna file, 9 million dona konserva ishlab chiqaradi. Ayni paytda korxona binosi qurilishi yakunlanib, texnologik uskunalar o‘rnatilmoqda. Prezidentimiz korxonaning salohiyati, bu yerda tayyorlanadigan mahsulot turlari va ularni eksport qilish imkoniyatlari bilan tanishdi. Baliq konservalarini ko‘paytirish va savdosini kengaytirish, ish o‘rinlarini oshirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berdi.

Xullas, bugun Mo‘ynoqda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida ketganda, maqtanishga arzigulik yutuqlarimiz juda ko‘p. Buni qurilayotgan korxonalar, madaniy-maishiy muassasalar misolida ham ko‘rish mumkin.

 Abdijabbar TLYEO‘V,

Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

  • Ko'rildi
    836
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара 2019-08-22 16:38:31

Хурматли Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг Қорақалпоғистон Республикасига ташриф килиши барча халкимиз учун катта кувонч багишлади. Бу энг аввало эътибор ва куллаб кувватлаш. Коракалпогистон Республикасини янада ривожлантириш буйича 5 та устувор йуналишлар белгиланди. Аник белгиланган максад булса албатта натижа булади. Президентимизга мингдан- минг рахмат, сог омон булишини тилаймиз.


Жовлиев Улуғбек O`zLiDeP Қашқадарё вилояти Маъмурий-хўжалик ишлари бўлими мудири2019-08-22 15:07:48

To`g`ri hozirda qilayotgan ishlarimizdan qancha maqtansak kam, lekin kamchiliklarimiz ham yetarli. Biz ushbu yutuqlarimizdan havollanmay qolgan kamchiliklarga ko`z yumasdan olib borayotgan siyosatimizni yanada kuchaytirishimiz zarur.


Fikringizni qoldiring

+