O‘zbekiston jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallamoqda

22.08.2019, 11:12

O‘zbekiston jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallamoqda

Mamlakatimiz tarixida o‘chmas sahifa ochgan buyuk istiqlol tufayli O‘zbekiston o‘tgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, barcha sohalarda dadil ilgarilab bormoqda.

Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash, tadbirkorlik va xususiy mulk rivojiga keng imkoniyat ochib berish, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish kabi ezgu amallar Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi dasturida o‘z aksini topgan.

Bunday ijobiy natijalar nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Birgina misol, kuni kecha AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyumning e’tirof etishicha, O‘zbekiston o‘zining ijtimoiy-siyosiy islohotlar dasturida, xususan iqtisodiy sohada muhim natijalarni qo‘lga kiritdi, ommaviy axborot vositalari erkinligi, mehnat huquqlari va sud-huquq sohasida jiddiy yutuqlarga erishdi. Pul-kredit siyosati, soliq siyosati va biznesni tartibga solish shular jumlasidandir.

Har yili yurtimizda mustaqillik kuni o‘zgacha shodiyona bilan nishonlanadi. Bu yil xalqimiz uchun eng ulug‘, eng aziz ayyom, erkin, obod va farovon hayot qurish yo‘lidagi barcha yutuq va muvaffaqiyatlarimizning asosiy manbai bo‘lgan Vatanimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida keng nishonlanmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari ham eng chekka hududlarga tashrif buyurib bayram oldidan joylarda mustaqillikning xalqimiz hayotida nechog‘lik ahamiyat kasb etishi, ortda qolgan yillar davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, olib borilgan islohotlar sarhisobiga bag‘ishlangan turkum tadbirlarda ishtirok etmoqda.

Uchrashuvlarda, yurtimizda oxirgi yillarda siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarning mazmun-mohiyati, jamiyatimiz qiyofasi butunlay o‘zgargani, bu ijobiy o‘zgarishlar yurtdoshlarimiz hayotida o‘z ifodasini topayotgani, xalqimizning turmush darajasini, ongu tafakkuri, bilim va madaniyatini oshirish bo‘yicha qilingan ishlarni konkret dalil va misollar, chuqur ilmiy tahlillar orqali aholiga yetkazilmoqda.

Targ‘ibot tadbirlarida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma’no-mazmuni va ruhi mujassam etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xalq bilan bevosita uchrashuvlar davomida ushbu dasturlar doirasida erishilgan ulkan yutuqlarimiz va natijalarimiz bilan bir qatorda aholining mamlakatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq emasligi, keyingi yillarda yana nimalarga e’tibor qaratishimiz lozimligi borasida o‘z takliflari va fikrlarini bildirib o‘tishmoqda.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, bugun har bir yurtdoshlarimiz qalbida yurtimizning ulug‘ bayramiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishga qaratilgan ezgu harakat bor desak to‘g‘ri bo‘lar edi va bunga kundalik hayotimizda ko‘plab guvoh bo‘lishimiz va ishonch hosil qilishimiz mumkin. Chunki, bizning oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz aniq, u ham bo‘lsa yurtimizda xalqimiz uchun porloq kelajak yaratish, xalqaro maydonda mavqeimizni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

 Toir SALIMOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi

O‘zLiDeP fraksiyasining ijrochi kotibi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    766
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Жовлиев Улуғбек O`zLiDeP Қашқадарё вилояти Маъмурий-хўжалик ишлари бўлими мудири2019-08-22 15:04:12

Bizning partiyamiz ham hozirgi shijoatini yuqotmasdan yoshlarimiz, ayollarimiz, tadbirkorlarimiz va aholini quyi qatlamlariga yana ham foydali va samarali loyihalarini ko`paytirish zarur.


Fikringizni qoldiring

+