Namanganda “Birgalikda biz kuchmiz” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi

26.08.2019, 15:26

Namanganda “Birgalikda biz kuchmiz” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi

Shu kunlarda mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi shodiyonalari oldidan bayramoldi tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi tomonidan “Birgalikda biz kuchmiz” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar yuritimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida shaharu-qishloqlarimiz kundan-kunga obod va ko‘rkam hududlarga aylanayotganligi, tadbirkorlik va xunarmandchilik faoliyatlari yanada taraqqiy etib borayotganligi, mazkur islohotlarning tag zamirida asosiy etibor xalqimizni rozi qilish, ularning turmush farovonligini oshirishga  qaratilganligini  ta’kidlashdi.

Bugungi tadbir mahallalarimizdagi kam ta’minlangan, ijtimoiy ximoyaga muxtoj  aholi vakillari hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning xasta ko‘ngillariga quvonch ulashdi desam xech ham mubolag‘a bo‘lmaydi
deydi, - Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Namangan shahar Kengashi bosh mutaxassisi Sarvar Shodmonov. - O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi tomonidan shahrimizdagi 7 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik aravachalari berildi. 100 nafar ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi vakillariga oziq-ovqat va kiyim-kechaklar tarqatildi. Buning uchun partiya vakillariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Tadbir davomida sportning boks, kikboks va taekvando turlari buyicha yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan yoshlar hamda partiya dasturiy maqsad va vazifalarini keng targ‘ib etishda faol ishtirok etayotgan bir qator boshlang‘ich partiya tashkilotlari esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

Bayram tadbirida ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

Ta’kidlash kerak, mustaqillik bayrami munosabati bilan viloyatning barcha tumanlar kesimida partiya faollari tomonidan shu kabi  bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Ibrohim SATTAROV

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1573
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+