Oilaviy ajrimlarning oldini olaylik

26.08.2019, 16:51

Oilaviy ajrimlarning oldini olaylik

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi ayollar bilan ishlash bo‘limi partiya Guliston tuman Kengashi bilan hamkorlikda shu mavzuda davra suhbati o‘tkazdi.

Mutaxasislarning aytishicha, bugun viloyatda asosan, oiladagi shaxslararo munosabatlar, xususan, er-xotin o‘rtasidagi nizolar, qaynona-kelin, qaynona-kuyov o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli ajrimlar soni ortib bormoqda.  

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan so‘rovnomalarda aksariyat ishtirokchilar urf-odatlar, qaynonaning kelin tarafga soliq solishi, kelinning ota-onasiga gap tashishi, yoshlarning mustaqil emasligi sababli oilaviy ajrimlar ortib ketganini qayd etishgan.

“Ajrashish arafasida turgan oilalarni o‘rgansangiz ularning muammolari bir-biriga juda o‘xshaydi. Ammo ajrimga qadar oilani saqlab qolishning imkoniyati ancha yuqori. Joriy yilning 1 aprelidan boshlab mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etildi. Ular ajrimlarning oldini olish, oilalardagi muhitni barqarorlashtirish, ajrimlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish borasida ish olib boryapti. O‘tgan davr mobaynida ularning sa’y-harakatlari bilan 10 oila ajrimdan saqlab qolindi”, – deydi tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Mustafoqulova.

 Tadbirda so‘z olgan partiya Sirdaryo viloyat Kengashi ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri S.Babayeva va boshqalar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Shu kuni tumanning “Furqat”, “Oltin vodiy”, “Sharq haqiqati”, “Beshbuloq”, “Mustaqilobod” mahallalarida mavzu bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. Unda mahallalardagi muammolar ochiq oydin o‘rtaga tashlanib, yutuq va kamchiliklar tahlil etildi, mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or ish uslublari yuzasidan o‘zaro tajriba almashildi.

Dilorom ESONOVA,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    3207
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Бабаджанов Алишер Ибрагимович2022-03-03 10:31:23

ПОЧЕМУ Я ПИСАЛ КОММЕНТАРИИ НЕТ МОЖНО УЗНАТЬ ПРИЧИНУ ?


Zafar2021-12-06 15:21:32

Assalomu alaykum hukumatmiz azolari Ajrimlarni oldini olish kerak,bu aniq maqsad qilib olish kerak,maxalla xotin qizlar qomitasi yaniy jensavet ishlashi kerak asosan ayyolardan kelib chiqayabdi asosiy muammo sabrsizlik shukur qilmaslik,onasi aytmasa xam boladi 2 ta bolasi bor qzni kelaver tor qornimga siqqansan keng xovlimga ham sigasan uzlariga maqol xam chiqarvogan,erdan boshqaga suyangan ayol suyanchiqsiz qoladi,birovni bolasini bowqa oz bolasiday kormaydi baribir


Hamza2020-03-08 19:44:55

yuqorida berilgan fikr kimga dir qiziq bo'lsa va bunday ishlar amalga oshirlsa o'ylaymanki bu eng maqbul yechim bo'la oladi yuqoridagi fikrlarim xozirki kunda meni xayotimda ro'y beryabdi men riyal bo'layotgan ishlardan xullosa chiqargan xolda yuqoridagi fikrimni bildirdim farzand tarbiyasi ajrashishni xoxlamayotgan tarfda qoldirlsa albatda ota onalik xuxquqlardan maxrum qilmasdan buni qonunchilkimzga kiritilsa farznad uchunxam taraflar yarshish ishlarini olib boradilar buning bilan biz oylani va bolalarni yetimlikdan saqlab qolgan bo'lardik.


Hamza2020-03-08 19:33:30

davlat viloyatlar tuman qishloq maxlla oyla xar bir davlatni yachykasi bu oyla albatda bugungi kunda ajrimlar soni xar xil savblarga ko'ra afsuski ko'payib bormoqda sud tizimizni da ajrshish oson bo'ib qolyabdi vaqat bermaslik va vaqat oz mudatga bir yilga berishlik mutasadi tashkilotlarni aralashmasligi aralashsaxam ajrimga moyil tarafga yon bosishi bunga savab tanish bilish bobro xonodon tushunchalari xaliyam bizda bor o'rtada farzadlar bo'lsa ajrimga moyil tarafdan otalik onalik xuquqlarni maxrum qilmasdan yarashishni xoxlayotgan tarfaga farzadlarni qoldirish kabi ishlarni qonunnimzda belgilab qo'ysak farzad uchun xam oylalar yarshish ishlarini amalga oshradilar buni tajribam saosida etyabman. chunki shunday ota onalar borki o'g'li bo'lmasa qizni o'g'li uchun farzandi turmushini buzish kabi ishlarni kuzatib boryabmiz yuqorida aytganimdak qonunchilkimzga farznadni ajrimga moyil tarafdan olish ajrashishni xoxlamayotgan tarafga berish maqbul yechim bo'la oladi chunki farzand ajrimga moyil tarfda qolsa uni dunyo qarashi xuddi shunday shakilana boshlaydi yaniy masulyatsiz bu ish bilan biz yana bir oylani saqlab qolgan bo'lamiz.


Жобборкул Тошкулов O'zLiDeP Ширин2019-09-06 12:32:05

Хурматли туман Хотин-қизлар билан ишлаш гуруҳи хамда мутахасислар ва худудий МФЙ раислари ва уларнинг аёллар билан ишлаш гуруҳи ходималари ўз худудларингизда хали бажарилиши лозим ишлар бисёр. Бугунгга қадар худудларингизда қайси хонадон тинч ва қайси хоадонлар нотинчлиги бўйича тўлиқ маълумотга эга эмассизлар.


Жобборкул Тошкулов O'zLiDeP Ширин2019-09-06 12:32:04

Хурматли туман Хотин-қизлар билан ишлаш гуруҳи хамда мутахасислар ва худудий МФЙ раислари ва уларнинг аёллар билан ишлаш гуруҳи ходималари ўз худудларингизда хали бажарилиши лозим ишлар бисёр. Бугунгга қадар худудларингизда қайси хонадон тинч ва қайси хоадонлар нотинчлиги бўйича тўлиқ маълумотга эга эмассизлар.


Жобборкул2019-09-06 12:20:26

Гулистон туманида Ёш оилалар билан МФЙ томонидан бириктирилган аёллар гурухи ҳамда туман Хотин-қизлар бўйича бириктирилган мутахасислар ишламаяпти. Сабаби қайси худудда яъни қайси МФЙда қайси оила нотинч, қайси оилада янги тушган келиннинг қайиннаси ёки қайинсинглиси хукмронлигини ўтказаётганлиги билан хеч ким қизиқмаятганлиги шундоқ очиқ-ойдин намоён бўлиб тўрмоқда. Қоғозда эмас, амалда ишлаш керак хурматли аёллар хали қанча ажрашишга тайёр турган оилаларни билмайсизлар. Сабаби МФЙда жойлашган нотинч оилалар билан қизиқмайсизлар.


Жовлиев Улуғбек O`zLiDeP Қашқадарё вилояти Маъмурий-хўжалик ишлари бўлими мудири2019-08-27 08:32:13

Manimcha hozirda ajrashishlar sonini yanada kamaytirish uchun nikoh guvohnomasi olish uchun ariza topshirtayotgan kelin va kuyovlarni o`z ota onalararini guvoh sifatida saylab quyish lozim. Chunki hozirda ayrim yoshlarimizni turmush qurganliklarini ota onalari ham bilmay ham qolishmoqda... va bu ajrashishlar sonini ortishiga sabab bo`lmoqda.


Жовлиев Улуғбек O`zLiDeP Қашқадарё вилояти Маъмурий-хўжалик ишлари бўлими мудири2019-08-27 08:32:12

Manimcha hozirda ajrashishlar sonini yanada kamaytirish uchun nikoh guvohnomasi olish uchun ariza topshirtayotgan kelin va kuyovlarni o`z ota onalararini guvoh sifatida saylab quyish lozim. Chunki hozirda ayrim yoshlarimizni turmush qurganliklarini ota onalari ham bilmay ham qolishmoqda... va bu ajrashishlar sonini ortishiga sabab bo`lmoqda.


Fikringizni qoldiring

+