Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli bo‘ladi

26.08.2019, 17:01

Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli bo‘ladi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida “Ona va bola salomatligi – sog‘lom kelajak garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Tadbirda viloyatda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalik muhofazasini takomillashtirish, irsiy kasalliklarning, nogironlikning oldini olish, pirovardida har tomonlama yetuk avlodni kamolga yetkazish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.   

“Bugungi tadbirga hududimizga tajribali shifokor kelganini eshitib keldik, – deydi “Do‘stlik” ko‘chasi, 41-xonadonda yashovchi G.Shokirova. – Chunki har bir ona homiladorlikdan oldin avvalo salomatligini mustahkamlashi, tibbiy va psixologik jihatdan o‘zini shu jarayonga tayyorlashi kerak”.

Tadbir davomida xotin-qizlar bepushtlik, kamqonlik va ginekologik kasalliklar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdi.

“Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli bo‘ladi. Shu bois, ona va bola salomatligini to‘la kafolatlash uchun, avvalo, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat darajasini yuksaltirish kerak. Chunonchi,  aholining ushbu qatlami o‘rtasida profilaktikani kuchaytirish, tibbiy madaniyatni oshirish taqozo etiladi. Bunda, ayniqsa, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarning ahamiyati beqiyos,” – deydi Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi Xorazm filiali shifokori Sevara Jumaniyozova.

 Musharraf RAHIMOVA,

O‘zLiDeP Xorazm

viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1975
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара2019-08-27 09:08:35

Партиямизнинг “Соғлом оила – мустаҳкам оила” лойиҳаси доирасида утказилаетган тадбирлари хотин кизларимиз тамонидан кизгин куллаб кувватланмокда. Лойиханинг номидан куриниб турганидек хар бир ойланинг мустахкамлиги бу-жамиятнинг мустахкамлигидир.


Fikringizni qoldiring

+