O‘zLiDeP deputatlari Shofirkondagi 39 ta investitsion loyihalarni amalga oshirilishini o‘z nazoratiga oldi

28.08.2019, 17:36

O‘zLiDeP deputatlari Shofirkondagi 39 ta investitsion loyihalarni amalga oshirilishini o‘z nazoratiga oldi

Xalq deputatlari Shofirkon tuman kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishida hududda investitsion loyihalarning amalga oshirilishi bo‘yicha o‘rganilgan natijalari muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, partiya deputatlik guruhi vakillaridan tarkib topgan ishchi guruh tuzilib, tumanda 2019-2020 yillarda investitsiya loyihalari asosidagi amalga oshirilgan ishlar holati nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi. Unga ko‘ra hududda ikki yil davomida umumiy qiymati 155 milliard 658 mln. so‘mlik 39 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Ularning hayotga tadbiq etilishi natijasida 707 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Shu kunga qadar tumanni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan umumiy qiymati 43 mlrd. 423 mln. so‘mlik 19 ta loyiha amalga oshirildi va 137 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

 Shuningdek Hindiston, Janubiy Koreya hamda Qirg‘iziston davlatlarining qo‘shma korxonalari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 4 562 ming AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri  xorijiy investitsiyalar jalb etildi.

Yig‘ilishda tumanni kompleks rivojlantirish Dasturi doirasida investitsion loyihalar ijrosini  ta’minlashda partiya faollari va mahalliy Kengash deputatlari tomonidan nazorat-tahlil olib borilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Deputatlik guruhi yig‘ilishida 2019 yilda hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturiga asosan mahalliy infratuzilmani rivojlantirish hisobidan yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida belgilangan rejalarning ijrosi to‘g‘risida tuman Bandlikka ko‘maklashuvchi markaz direktori  o‘rinbosari Erdon Kenjayevning hisoboti ham  tinglandi.

Tumanda joriy yilda jami 2252 ta yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Shu yilning olti oyi davomida jami 630 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ushbu yaratilgan ish o‘rinlari yirik va kichik loyihalar, tadbirkorlik sub’ektlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari hunarmandchilikni rivojlantirish, kredit ajratish va jamg‘armalarning mablag‘lari hisobiga tashkil etiladigan ko‘plab ish o‘rinlari ham aholi  bandligini ta’minlash imkonini bermoqda.

Partiya deputatlik guruhlari ushbu yo‘nalishda ayrim kamchiliklar ham ko‘zga tashlanayotganligi, buni o‘z vaqtida bartaraf etish lozimligi borasida tanqidiy fikrlar bildirib o‘tishdi.  

Yig‘ilishda muxokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul  qilindi.

Z.Aslonova,   

Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    57
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+