O‘zLiDeP deputati yangi maktab qurishda tashabbus ko‘rsatdi

28.08.2019, 17:39

O‘zLiDeP deputati yangi maktab qurishda tashabbus ko‘rsatdi

 Darhaqiqat, deputat bo‘lish, xalq ishonchini qozonish va uni munosib ravishda oqlash bu  - oson emas.  

Deputat xalqning ishonchli vakili ekan o‘zi saylangan hudud aholisi bilan muloqot  qilishi, xalq dardi bilan yashashi muhim ahamiyatga ega.

To‘rtko‘l tumani “A.Durdiyev” ovul fuqarolar yig‘inidagi Otchopon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi mahalla ahli ushbu hududdan saylangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi A.Bayriyevaga yangi maktab qurib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.

Xalq noibi ushbu muammoga ijobiy yechim topish maqsadida tuman hududini atroflicha o‘rgandi. Ikki yarim mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan ushbu mahalladagi bolalar boshqa maktabga 5 km.dan uzoqroq masofadagi yo‘lni bosib o‘tadi. Bu esa bolalarning maktabga borib kelishida ancha qiyinchilik tug‘dirmoqda. Qish faslida maktabga qatnash bundanda og‘ir.  

- Maktab qurish masalasi 2015 yildan buyon muammo bo‘lib kelmoqda, - deydi deputat A.Bayriyeva. - Shu kunga qadar tuman hokimligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Xalq ta’limi vazirligiga, tegishli vazirlik va idoralarga bir necha marotaba deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Deputat A.Bayriyeva tashabbusi bilan 4 yildan buyon yechilmay kelayotgan muammoga ijobiy yechim topildi. Xalq ta’limi vazirligi ko‘magida shu hudud aholisi uchun 315 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab qurib berish ishlari allaqachon boshlab yuborildi. 

       O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    174
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара 2019-08-29 08:40:08

Маколада куриниб турганидек, партиямиз фаоли, Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесидаги O‘zLiDeP фракцияси аъзоси А.Байриева узи депутат булиб сайланган худуд ахолисининг розилигинина эришди. Хакикатдан келажагимиз давомчилари булган болаларимизнинг яхши таълим олиши учун биринчи навбатда мактабларни мактабгача таълим муоссасаларини реконструкция килиш замон талаби . Депутатимизнинг хайрли ишлари мактовга сазовар


Fikringizni qoldiring

+