“Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhga 39 nafar O‘zLiDeP faoli jalb qilindi

28.08.2019, 17:41

“Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhga 39 nafar O‘zLiDeP faoli jalb qilindi

Telefon insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk kashfiyotlardan biri. Bugun u hayotimizning ajralmas qismiga aylanib qoldi. Hatto bugun bog‘cha bolasining qo‘lida ham mobil telefonni uchratish oddiy holga aylanib qoldi. Bu esa aksariyat hollarda yosh avlodga nafaqat ruhiy, balki ma’naviy jihatdan ham katta zarar keltirmoqda”, – deydi O‘zLiDeP Samarqand shahar Kengashi apparat rahbari Hasan Xo‘jaqulov.

Samarqand shahridagi “Dukchiyon” MFYda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tashkil etilgan tadbirda H.Xo‘jaqulov bu masalaga alohida e’tibor qaratdi.

Ta’kidlanishicha, Prezidentimizning 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda “Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, unga 39 nafar partiya faoli jalb qilingan. Ayni paytda ular joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borayotir.

 “Ochig‘ini aytish kerak, keyingi paytda pulning ortidan quvib, farzand tarbiyasiga e’tibor qaratmay qo‘ydik. Farzand tarbiyasida onalarning o‘rni beqiyos. 13-14 yoshgacha bolaga onaning tarbiyasi juda muhim. Ammo ko‘pchilik ayollar ro‘zg‘ori but bo‘lsa-da, yanada ko‘proq pul topish ilinjida yosh bolasini, ota-onasiga tashlab xorijga ketmoqda...”, – deydi “Dukchiyon” MFY xotin-qizlar bilan ishlash mutaxassisi Nazira To‘raqulova.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Samarqand shahridagi 200 dan ortiq mahallalarda ishchi guruhlar tomonidan aholi bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    863
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+