Uchqo‘rg‘onlik tarafdorlarimiz bayram bilan qutlandi

28.08.2019, 17:45

Uchqo‘rg‘onlik tarafdorlarimiz bayram bilan qutlandi

O‘zLiDeP Uchqo‘rg‘on tumani Kengashi tumandagi 40-sonli oilaviy poliklinika qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotida mustaqilligimizning yigirma sakkiz yilligi bayrami munosabati bilan “Jonajon O‘zbekistonim – mangu bo‘l omon!” shiori ostida “Mustaqillik - tadbirkorlik va fermerlikka keng yo‘l” mavzusida amaliy uchrashuv tashkil etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va yanada qulay biznes muhiti yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samara beryapti. Bu borada davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

- Tadbirkorlar, fermerlar tashabbuslari va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, tumanda kichik sanoat zonalari tashkil etish, fermerlikni yanada rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat va boshqa xizmatlar ko‘rsatishni tubdan yaxshilashga ko‘maklashishga qaratilgan bunday amaliy uchrashuvlar muntazam o‘tkazilmoqda. Asosiy e’tiborni tadbirkorlik rivojiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalariga qaratilmoqda, - deydi O‘zLiDeP Uchqo‘rg‘on tumani Kengashi apparat rahbari Ulug‘bek Umirzoqov. – Bugungi amaliy muloqotda ham xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish orkali jamiyatimizda ishbilarmon, tadbirkor ayollarning yorqin siymosini shakllantirish, ayniqsa mahallalarni oilaviy biznes va xususiy tadbirkorlik markaziga aylantirishni targ‘ib qilyapmiz.

Uchrashuv davomida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 16 nafar hayrixohlarimiz partiya safiga qabul qilinishi natijasida quyi bo‘g‘in a’zolari soni 31 nafarga yetdi.

Tadbir so‘ngida ishchi-xodimlarga bayram munosabati bilan O‘zLiDePning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Erkin AHMEDHODJAYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruh rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1004
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+