O‘zLiDeP nomzodining saylovoldi dasturida nimalar aks etgan?

19.12.2017, 15:51

O‘zLiDeP nomzodining saylovoldi dasturida nimalar aks etgan?

Xalq deputatlari Toshkent shahar tuman Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ishlari, ayniqsa saylovoldi targ‘ibot-tashviqotlari avvalgi saylovlardan farqli ravishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologilardan foydalangan holda olib borilmoqda.

Xususan, 30 – “Guliston” saylov okrugidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Uchtepa tuman kengashi deputatligiga O‘zLiDePdan nomzod Shuxrat Yuldashev ham saylovoldi targ‘ibotlarida turli infografikalardan unumli foydalanganligi, saylovoldi dasturidagi vazifalar aynan hududni, xalqni o‘zidan olinganligi saylovchilar, ayniqsa, yoshlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Shuxrat Yuldashev o‘z saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishi sifatida:

- Tuman rahbariyati bilan moliyaviy jihatdan muhtoj bo‘lgan xududlarga, jumladan uylarni, yo‘llarni, maktablarni, maktabgacha ta’lim muassasalarni va boshqa ob’ektlarni ta’mirlashga, shuningdek, ko‘chalarni yoritish ishlariga ajratilayotgan mablag‘larni teng va xaqqoniylik asosida taqsimlashda, ob’ektiv va yaqin hamkorlikni o‘rnatish;

- Tumanda kichik biznesni rivojlantirish va qo‘llash bilan bog‘liq takliflar va loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish;

- Uchtepa tumanda texnopark va kichik sanoat zonalarini shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq takliflarni ishlab chiqish hamda eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga va yangi samarali ish o‘rinlarini yaratishga munosib hissa qo‘shish;

- Yosh tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni aniqlash va hal etishga yo‘naltirilgan takliflarni ishlab chiqish.

- Tumanda (bevosita saylov okrugida) yashovchi kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llash choralarini ko‘rish;

- Ommaviy axborot vositalarida tumanda, shu jumladan saylov okrugidagi, mavjud muammolarni hal etish maqsadidagi ko‘rsatuvlarni tayyorlash va maqolalarni chop etishni tashkil qilish;

- 296-sonli maktab yonida qurilgan avtomashinalar uchun turar joy bilan bog‘liq muammoni yechimini topish;

- 30-okrug xududida joylashgan 7-ko‘p qavatli uyda 5-6 oy avval Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan o‘rnatilgan steklopaket romlariga oyna qo‘yish muammosini hal etish;

- Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarni moddiy-texnika bazasini takomillashtirishga ko‘maklashish kabi masalalarni belgilab olgan.

—Saylovchilarimizning ishonchini qozonib, deputatlikka saylansam, dasturimda belgilab olgan barcha vazifalarni birma-bir bajarishga kirishaman, - dedi Shuxrat Yuldashev. —Buning uchun albatta O‘zLiDeP  hamda uning deputatlik korpusining kuchi va salohiyati yetarli. Ulardan oqilona foydalansak bas.

Go‘zal OTAJONOVA,

“O‘zLiDeP yosh targ‘ibotchilar guruhi” a’zosi.

Teglar
Saylov 2017
  • Ko'rildi
    2370
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+