“Agro Service Asia” MChJda partiya quyi bo‘g‘ini tuzildi

29.08.2019, 16:34

“Agro Service Asia” MChJda partiya quyi bo‘g‘ini tuzildi

Kecha 28 avgust kuni Quvasoy shahrida ish boshlagan “Agro Service Asia” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari viloyat Kengashi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat Kengashi vakillari, viloyatdagi “Tomorqa” MChJ raislari hamda tadbirkor va fermerlar qatnashdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Quvasoy shahar hokimi Adhamjon Ziyovitdinov keyingi yillarda viloyatda aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli loyihalarini ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish va yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.  

–Prezidentimizning 2018 yil 12-13 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasidagi Investitsiya loyihalarida “Agro Service Asia” MChJning 12,3 gektarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni tashkil etish loyihasi o‘rin olgan edi. Umumiy qiymati 3 mln AQSh dollarlik loyiha hisobiga 50 ta yangi ishchi o‘rni yaratilishi belgilangan edi, – deydi korxona o‘rinbosari Ulug‘bek Yunusov. – Amalda esa Izrail davlatining “Agro Sherif” kompaniyasi tomonidan 3,9 million AQSh dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyasi o‘zlashtirilishi natijasida 70 yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu loyiha 10 gektar “Net xaus” zamonaviy issiqxona, 1 gektar gidroponika usulida ko‘chat yetishtiruvchi va qish mavsumida mahsulot yetishtirishga mo‘ljallangan issiqxonalar, 400 tonnali muzlatgichli omborxona hamda saralash sexlarini o‘z ichiga oladi.

Tadbir yakunida korxona ishchi-xodimlaridan 10 nafari O‘zLiDeP safiga qabul qilinib, korxona qoshida partiyaning quyi bo‘g‘ini ochildi.

Shohsulton TO‘XTAMATOV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot kotibi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1321
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+