Ayolning oilada ham, jamiyatda ham o‘rni yuksak

05.09.2019, 18:11

Ayolning oilada ham, jamiyatda ham o‘rni yuksak

Ayni shiddatli zamonda aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash biz uchun eng dolzarb vazifa bo‘lib kelmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Mustaqilligimizning yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ham bu jihatga alohida urg‘u berilgani bejiz emas. “Bizning barcha iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarimiz, yirik investitsiya loyihalarimiz, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarimizning markazida aynan shu muhim masala asosiy maqsad va vazifa bo‘lib turibdi” dedi davlatimiz rahbari.

Kezi kelganda aytish joizki, O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tomonidan ham ushbu yo‘nalishlarga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Xususan, “Bunyodkor ayollar”, “Sog‘lom oila – mustahkam oila”, “Ishbilarmon ayol”, “Farovon oila” kabi yirik partiyaviy loyihalar hayotga tatbiq etilyapti. Xususan, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish  maqsadida ishlab chiqilgan “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida yangi tadbirkor, fermerlarni kashf etish, joylarda ayniqsa, chekka qish­loqlarda yangi ish o‘rinlari yaratish niyatida tashkil etilgan o‘quv-seminarlarda 10 mingdan ortiq xotin-qiz ishtirok etdi. Ushbu loyiha natijasida respublikamizdagi yetakchi tijorat banklari tomonidan hududlarda istiqomat qilayotgan 1 024 nafar opa-singillarimizga 6 milliard so‘mga yaqin miqdorda kredit ajratildi. Bu esa 1 763 ta yangi ish o‘rni yaratish imkonini berdi.

Partiyamiz tomonidan ayollar yo‘nalishida ilgari surilayotgan yana bir yirik loyiha bu – “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovidir. Joriy yilda mazkur tanlov doirasida 200 dan ortiq tadbir o‘tkazilib, ularda o‘n mingdan ortiq xotin-qizlar ishtiroki qamrab olindi. Muhimi shundaki, ko‘plab ayollarimizni tadbirkorlik, fermerlik, tomorqachilikka bo‘lgan qiziqishlari yanada ortib, ularning  100 dan ortig‘i shu sohaning ilg‘or vakiliga aylanishdi.  

Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishiga erishish, gender tenglik va reproduktiv salomatlikni ta’minlash bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar qilin­yapti. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratildi. Ana shu tizim asosida 1 ming 564 nafar xotin-qiz nafaqat uy-joyga, ish o‘rinlariga ham ega bo‘lishdi.

Har bir sohada fidoyiligi va sadoqati bilan mehnat qilib, yuksak marralarga erishib kelayotgan xotin-qizlarimizning yutuqlari ham salmoqli.  Ayni paytda Oliy Majlis Senatida – 17 nafar senator, Qonunchilik palatasida – 21 nafar deputat ayollar faoliyat olib bormoqda. Mahalliy kengashlarda esa xalq vakillarining 23 foizdan ziyodini xotin-qizlar tashkil etadi. Mingdan ortiq ayollar mahalla fuqarolar yig‘inini boshqarib kelmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, o‘zgarish va yangiliklarga boy kechayotgan davr bugun barchamizning oldimizga yangi-yangi talablarni qo‘ymoqda. Prezidentimiz ayni masalaga alohida e’tibor qaratib, Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisidagi ma’ruzasida parlamentda va mahalliy kengashlarda ayollar ulushini ko‘paytirish, ijtimoiy sharoiti og‘ir ayollarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni ish bilan ta’minlash masalalarida nodavlat tashkilotlarning ishtirokini faollashtirish kabi bir qator vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan Oliy Majlis Senatida yangi tuzilma – Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha qo‘mita tuzish taklifi ilgari surildi. Bu tuzilma, albatta, mamlakatimiz hayotida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularga keng imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bularning barchasi ayol, ona muqaddasligining, ularga e’tibor qaratish jamiyatga e’tibor qaratish ekanining amaldagi isbotidir. Bu tamoyil “Ayollar qanoti”mizning, faoliyatimning asosiy mezoni bo‘lib qoladi.

Mavluda XO‘JAYEVA,

Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi deputati,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi

Ijroiya qo‘mitasi raisining

ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

  • Ko'rildi
    10206
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

nodira toshmuhammedova nosirovna2022-05-11 14:18:57

assalomu alekum avvalambor bunday ishlarni o'qiyotib ko'zimga yosh keldi barchaga rahmat


gulsanam2022-05-11 14:16:28

barcha fikrlarga qo'shilgan holda prezidentimizga kattakon rahmat aytaman


Альбина2020-04-20 16:33:14

Ассалому алайкум, менинг фарзандим 5 йил аввал Россия давлатида тугилган Мен узим узбекистон фукорасиман фарзандим тугилиши билан Узбекистонга кайтиб келганман шундан буен шу ерда яшайман фарзандимни оталикни белгилаш тугрисидаги хужжатни олиш учун кандай имконият бор хозирда бориб келиш учун имкониятим йук хозирда турмуш курганман оталикни белгилатмокчиман шуни имкони борми Узбекистондан тугилганлик гувохномасини олишни иложи борми


Ворисова Муаззам2019-09-07 16:52:09

Буюк аждодларимизни, мамлакат раҳбарларини ҳам аёл дунёга келтирган. Бугунги кунда аёллар ҳар бир соҳага кириб бормоқдалар. Бунинг учун эса муҳтарам юртбошимиз томонидан ҳар томонлама қўллаб-қувватлаб келинмоқда. Ҳурматли Мавлуда Хожаева мақолаларида ҳам ҳотин-қизлар йўналишида олиб борилган барча ишлар маълумот сифатида келтириб ўтилган. Президентимиз томонидан аёлларга бу даражада эҳтиром кўрсатилишини ҳис қилган ҳар бир аёлнинг шижоати, куч-ғайрати, Ватанга муҳаббати янада ортиб бораверади.


Асем Сиримбетова 2019-09-07 16:47:08

Бугунги кунда давлатимиз томонидан хотин-қизларга бўлган эътибор катта. Қайси бир соҳага кўз ташамайлик, хотин-қизларимиз ҳар бир соҳада фаол ва ташаббускор. Бу эса албатта давлатимиз раҳбарининг азиз аёлларга бўлган ҳурмат ва эътиборининг яна бир намунасидир.


Шоира Ҳасанова Жиззах2019-09-07 14:34:09

Дархақиқат, Мухтарам Юртбошимизнинг хотин-қизларга бўлган эътибор ва эъзози давлат сиёсати даражасига кўтарилганлиги, "Аёллар қаноти" гурух рахбарларининг ўз ишига янада маъсулият ва янгича ёндошув билан фидойиликни талаб этади. Аёлни улуғлаган юртнинг фарзандлари комил инсон бўлиб камол топиши узоқ тарихимиздан исботланган ҳақиқат. Бу йилги маъсулиятли дамларда азиз опа-сингилларимизнинг кўзидаги умид, ишонч ва эртанги кунига бўлган шижоатни сўндирмаслик учун бор куч-ғайратимизни сафарбар қилиш, ҳар биримизнинг муқаддас бурчимиз.


Жўраева Матлуба 2019-09-07 14:23:13

Албатта Президентимиз томонидан яратиб бераётган шароитлардан хотин-қизларимиз унумли фойдаланиш керак. Жамиятда аёлларимиз барча жабхада ўзини кўрсатмоқда. Эркакларимиз билан тенг хуқуқда фаолият юритяпмиз. Фақатгина биз аёллар бу имконият ва яратилаётган шароитлардан тўғри фойдаланиб, рахбар ёки тадбиркор бўлишимиздан қатъий назар аёл эканлигимизни унутмаслигимиз керак.


Рахманова Гульнара 2019-09-06 11:01:23

Хакикатдан хам жамиятда аёлнинг тутадиган урни юксак, у рахбар, у сиёсатчи, у устоз , у тадбиркор ва албатта мехрибон она. Президентимиз тамонидан хотин-кизларни куллаб кувватлаш борасидаги каъбул килинаетган янги конунлар барча хотин кизлар тамонидан кизгин куллаб кувватланмокда. Бу алббатта биз аёллларга деган эътибор.


Fikringizni qoldiring

+