Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda ko‘p kvartirali uylardan 3 462 ta xonadon ajratiladi

06.09.2019, 16:51

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda ko‘p kvartirali uylardan 3 462 ta xonadon ajratiladi

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi Prezidentimizning “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengash deputatlari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi, O‘zLiDeP tuman, shahar Kengashlari vakillari hamda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning yaqinlari ishtirok etdi.

Xalq vakili, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi M.Xodjayevaning aytishicha, partiyaning amaliy takliflari asosida qabul qilingan mazkur farmonda fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish, ularning huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilangan.

“Shuningdek, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda ko‘p kvartirali uylardan respublika bo‘yicha jami 3 462 ta xonadon ajratilishi belgilandi. Bu hali hammasi emas. Bundan tashqari, endilikda chet elda mushkul ahvolga tushib qolgan va yordamga muhtoj mehnat migratlari masofaviy murojaat qilishlari mumkin. Bu ishlar Yagona mehnat tizimi  doirasida ya’ni “Labor migration” dasturiy kompleksi orqali amalga oshirilishi belgilandi”, – deya qo‘shimcha qildi  deputat.

Tadbirda farmon mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilishning asosiy tamoyillarini hayotga tatbiq etish mexanizmlarini ishlab chiqishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Sh.TO‘XTAMATOV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot kotibi

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    135
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рустам2019-09-11 01:48:41

Биз хам уй жой масаласи буйича чет элда турмуш уртогим бн бир ишлаб юрибмиз.фарзандимизни ташлаб четдамиз маблаг йигиш учун билмадим хозио кутарилган мавзу канчалик хакикат ёки ёлгонлигини ишониш кийин балки бу шунчаки хазилми


aziz2019-09-07 22:40:56

juda zarur bulgan farmon chiqaribdi. mani singlim kiyov bilan rassiyada iwlaydi. shu uydan olmoqchi . qayerga va kimga murojat qilsa buladi.


Рахманова Гульнара 2019-09-07 09:57:44

УзЛиДеП дан сайланган депуталаримизнинг уз билимдонлиги, изланувчанглиги билан купрок халкнинг орасига булиши уз узидан куриниб турганидек халкнинг розилигини таъминлайди. Хозирги харакатлар олдимиздаги сайловларда катта ахамиятга эга.


Fikringizni qoldiring

+