Saylovlar: g‘alaba strategiyasi va taktikasi

06.09.2019, 16:59

Saylovlar: g‘alaba strategiyasi va taktikasi

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim markazi partiya tuman, shahar Kengashi apparat rahbarlari uchun “Saylovlar: g‘alaba strategiyasi va taktikasi” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etdi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida “Kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari”, “Saylovga doir PR-texnologiyalardan foydalanish” hamda “Debat va bahs-munozaralarda o‘zini tutish qoidalari” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.

“Saylov – mamlakatimizda demokratik tamoyillarning qay darajada ustuvor ekanligini ko‘rsatib turuvchi, yurtdoshlarimizning davlat boshqaruvidagi ishtirokini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim siyosiy jarayonlardan biridir. Shu bois, mazkur siyosiy tadbirga partiyamiz tomonidan puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Bu kabi seminarlar esa saylovlarda zamonaviy siyosiy PR-texnologiyalardan samarali foydalanishda o‘z samarasini berishi shubhasiz,– deydi Abror Otaboyev.

“Seminar davomida o‘zimni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldim, siyosiy bilimlarimni yanada oshirdim, – deydi oltiariqlik B.Elchiyev. – Ochig‘ini aytish kerak, mashg‘ulotlarga haqiqatdan dolzarb mavzular tanlangan. O‘quv jarayonlarida olgan bilimlarimiz saylovoldi targ‘ibot-tashviqot ishlarida juda qo‘l keladi”.

Seminarda ishtirokchilar tomonidan o‘rtaga tashlangan savollarga soha mutaxassislari atroflicha javob berdilar.   

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    43
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара 2019-09-07 09:47:27

Сайлов кодексига киритилган узгарттиришларни кенг оммага тушинтиришда биз партия аъзолари фаол булишимиз лозим. Жойлардаги утказилаетган укув семинарлар хам уз самараларини бермокда, хакикатдан хам куплаб маълумотларга эга булиш мумкин. УзЛиДеП факат олга!


Fikringizni qoldiring

+